Ру Ўз O`z En

Namangan: Ommaviy аxborot vakillari uchun рress-tur tashkil etildi

27 May 2022 1398

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan "Uchqo‘rg‘ondonmahsulotlari" aksiyadorlik jamiyatida bu yilgi don mahsulotlarini qabul qilishga tayyorgarlik va uni saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur bo‘lib o‘tdi.

 

Respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar qatnashayotgan press-tur davomida ishtirokchilar aksiyadorlik jamiyati bosh korxonasi va uning don qabul qilish maskanlarida yetishtirilgan g‘allani nes-nobud qilmasdan qabul qilib olish hamda yog‘ingarchilikka qolmasdan yopiq sig‘imlarga kiritish maqsadida ko‘rilayotgan zarur ishlar bilan batafsil tanishdilar. Jamiyat tomonidan bu yil Uchqo‘rg‘on, Norin, Chortoq va Uychi tumanidagi g‘allachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklaridan 60 ming 100 tonnadan ortiq hosil qabul qilishni rejalashtirgan bo‘lib, uning 51,5 ming tonnasi tovar-don bo‘lsa, 8 ming 600 tonnasi kelgusi yil hosili uchun zamin bo‘ladigan urug‘lik donni tashkil etadi. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, korxonaning donni qabul qilish uchun bosh korxona va Norin, Chortoq tumanlaridagi shohobchalarining umumiy sig‘imi 91 ming 400 tonnaga teng bo‘lib, ushbu quvvatlarning barchasi mavsumga 100 foiz tayyorlab qo‘yildi.

Mavsumda don qabul qilishda ishlatiladigan avtomobil tarozilari va yuklab-tushirish uskunalarining sozligi, don saqlash omborlarining mavsumga tayyorligi, korxonalar hududidagi asfalt maydonlarining taʼmirlanganligi laboratoriyalarning o‘lchov vositalari hamda sinov uskunalari davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilganligi muhim ahamiyatga egadir. 

O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Namangan viloyatidagi 3 ta korxona, jumladan, “Namangandonmahsulotlari”, AJ, “Uchqo‘rg‘ondonmahsulotlari” AJ hamda “Popdonmahsulotlari” AJlar va ularga qarashli don qabul qilish shaxobchalariga 2022 yil g‘alla hosilidan davlat ehtiyojlari uchun jami 183,5 ming  tonna don qabul qilib olishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning 166,5 ming tonnaga yaqini tovar don, 16 ming 900 tonnadan ortig‘i esa urug‘lik donni tashkil etadi. Ayni paytda ushbu korxonalar va ularga qarashli don  qabul qilish shoxobchalarining mavsumga tayyorlash ishlari to‘liq yakunlangan.

Ushbu  ishlarning qay tarzda amalga oshirilganligi hamda viloyatdagi korxonalarda “O‘zagroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari inspektorlari tomonidan 2022 yil g‘alla qabul qilish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilishi bo‘yicha press-tur ishtirokchilariga batafsil maʼlumot berildi.

"O‘zagroinspeksiya"ning Namangan viloyat boshqarmasi Axborot xizmati

Text to speech