Yil avvalida o‘tgan yilgi ishlar tahlil qilinib, kelgusi rejalarni belgilab olish va shu asosda ish yuritish muvaffaqiyatlar omilidir.
Ayni damda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Namangan viloyat boshqarmasida tumanlarda 2021 yil davomida bajarilgan ishlarning tahlili, inspektorlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarining holati va joriy yilda amalga oshiriladigan vazifalarning ijro mexanizmlariga bag‘ishlangan yig‘ilishlar bo‘lib o‘tmoqda.
Inspeksiya viloyat boshqarmasi boshlig‘i N.Karimov o‘z maʼruzasida 2021 yildagi faoliyatni tahlil qilar ekan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarining samaradorligi 86 foizga, yozma ko‘rsatmlar samaradorligi 171 foizga, maʼmuriy qarorlar 70 foizga, taqdimnomalar 104 foizga, moliyaviy sanksiyalar 216 foizga bajarilganini taʼkidladi.
Yil davomida Inspeksiya viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan tegishli tashkilotlarga 1318 ta yozma va 1357 ta amaliy ko‘rsatmalar kiritilgan bo‘lsa, 2115 nafar shaxsga maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rib chiqildi hamda 136 tasi maʼmuriy sudlarga, 35 tasi prokuratura organlariga taalluqliligi bo‘yicha ko‘rib chiqishlik uchun yuborildi.
“O‘zagroinspeksiya” Namаngan viloyati Axborot xizmati