Ру Ўз O`z En

Naslli jo‘jalar uchun subsidiya olinishi nazoratda

10 Mart 2022 1549

Bugungi kunda aholini sifatli parranda go‘shti mahsulotlari bilan taʼminlash, ularning naslini yaxshilash orqali ularning mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish dolzarb masalalardan biri bo‘lib, bu borada fermer xo‘jaliklariga chet davlatlaridan naslli parrandalarni olib kelish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Inspeksiya faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ko‘ra, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabridagi “Naslli mahsulot (material)ni eksport va import qilish tartibi to‘g‘risida”gi  252-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.

Chet davlatlaridan olib kelingan naslli jo‘jalar o‘z vaqtida karantinga qo‘yilib, karantin davrida tegishli veterinariya-sanitariya tadbirlari o‘tkazilishi taʼminlanmoqda, natijada chet davlatlaridan keltirilgan naslli jo‘jalar orqali hayvonlar yuqumli kasalliklarning tarqab ketishi oldi olinmoqda.

Parrandachilikni rivojlantirish maqsadida yaratib berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar sababli chel davlatlardan naslli jo‘jalar keltirilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 maydagi “Chorvachilik tarmog‘iga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 280-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, "O‘zagroinspeksia"ning viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu qaror ijrosi bo‘yicha profilaktik tadbirlar va monitoringlar o‘tkazib kelinmoqda.                                                        

Jumladan, Oq-daryo tumanidagi "Prestij Don" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Vengriya davlatining "Aviagen KFT" kompaniyasidan 10 ming 998 bosh bir kunlik naslli jo‘jalar olib kelingan bo‘lib, hozirgi vaqtda ushbu korxona tomonidan olib kelingan jo‘jalar uchun subsidiya olish maqsadida, hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.                                                  

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish inspektorlari tomonidan jami 199 ta nazorat tadbirlari, shundan, 31 ta tekshirish va 168 ta monitoring o‘tkazildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 104 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi. Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan  95 ta ogohlantiruv, 99 ta bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma va 1 ta taqdimnoma kiritildi, 1 ta holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun  sudga yuborilgan va inspeksiya vakolati doirasida 3 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Ulug‘bek Yaxshimurodov, “O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi bosh inspektori

Text to speech