Ру Ўз O`z En

Navoiy: 25 ming gektardan ortiq maydonga chigit urug‘lari qadaldi

11 Aprel 2023 1538

Bahorning har bir kunini g‘animat bilgan dehqon borki, yerga urug‘ qadaydi. Maqsadi mo‘l hosil olish. Shu kunlarda barcha hududlarda yerga chigit ekish ishlari boshlab yuborilgan.  Jumladan,  2023 yil hosili uchun Navoiy viloyati fermer xo‘jaliklarida ham chigit ekish ishlari ayni avjida.      

Viloyatda 2023 yil hosili uchun 28 155 gektar maydonlarda chigit ekish rejalashtirilgan bo‘lib bugungi kunda Karmana, Qiziltepa, Xatirchi, Konimex va Navbahor tumanlari fermer xo‘jaliklarida chigit ekish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.         

Xususan, viloyat bo‘yicha 254 dona chigit ekish agregatlari shundan yuqori unumli 86 dona texnikalar bilan mavsum boshidan buyon 25 151 gektar maydonlarga chigit urug‘lari qadaldi.

Bundan tashqari, mazkur yo‘nalishda inspeksiyaning viloyat va tuman bo‘limlari tomonidan chigit ekilayotgan maydonlarda nazorat tadbirlari o‘tkazilib kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan 67 ta fermer xo‘jaliklari rahbarlariga nisbatan   19 ta ogohlantirish xatlari va 58 ta yozma ko‘rsatmalar shuningdek tuman hokimliklariga 5 ta taqdimnomalar berildi. Mazkur jarayonlar Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limi xodimlari tomonidan nazoratga olingan.  

“O‘zagroinspeksiya”ning Navoiy viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan hududlarda 2023 yil hosili uchun chigit ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi nazoratga olib boriladi.                       

D.Rashidova, Inspeksiyaning Navoiy viloyat boshqarmasi

Text to speech