Ру Ўз O`z En

NAVOIYDA ANIQLANGAN qonunbuzilishlar ICHIDA ENG KO‘P UCHRAGANI SUVDAN OQILONA FOYDALANMASLIK YUZASIDAN BO‘LMOQDA

25 Iyun 2021 1912

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasining Navoiy viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan doimiy ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Maqsad qishloq xo‘jaligi sohasida qonun ustuvorligini taʼminlash, sohada yo‘l qo‘yilayotgan turli xato va kamchiliklarni bartaraf etish, uning oldini olishdir. Xususan,  joriy yilning 11-20 iyun kunlari viloyatda jami 122 ta nazorat    tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 45 tasini tekshirish hamda 77 tasini monitoring tashkil etadi.

-  Tekshirishlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan jami 24 ta maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinib 4 million 255 ming so‘mlik maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan, - deydi “O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi tashkiliy-nazorat va tahlil bo‘limi bosh inspektori Orifjon Nazarov. – Shundan 113 ta korxonalarga ogohlantirishlar, 7 ta taqdimnoma va 7 ta yozma ko‘rsatmalar kiritilgan. Qonuniy qaror qabul qilish uchun 24 ta materiallar sudlarga hamda 1 ta holatda prokuratura organlariga yuborilgan.

Viloyatda o‘n kun ichida 56 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Ularni sohalar kesimida tahlil qilganda, ayni kunning dolzarb mavzusi bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suvdan oqilona foydalanishda hali hamon eʼtiborsizlikka yo‘l qo‘yib kelinayotgani, ayni shu sabab bu yo‘nalishda qonun buzilishlar ko‘plab uchrayotgani achinarli hol.  Suvni isrof qilish, sug‘oriladigan g‘o‘za maydonlarini ko‘llatib yuborish, suvni to‘g‘ridan to‘g‘ri kollektor-drinaj tarmoqlariga tashlab qo‘yish va boshqa holatlar o‘n kunlik davomida aniqlanib, bu bo‘yicha taʼsir choralari ko‘rildi.

Jumladan, Xatirchi tumanidagi “Turdi tiniq” chorbog‘i” fermer xo‘jaligi tomonidan g‘o‘za maydonlarini sug‘orishda 0,10 gektar qismini ko‘llatib yuborilishiga yo‘l qo‘yilgan. Bundan tashqari, tumandagi “Mamarasul bobo 22” fermer xo‘jaligi tomonidan 10 litr/sekund suvni foydalanmasdan zovurga tashlab qo‘yilgan. Mazkur aniqlangan holatlar yuzasidan to‘plangan materiallar tuman sudiga yuborilishi taʼminlandi.

Shu bilan birga o‘n kun davomida ko‘plab fermerlarga g‘o‘zani sug‘orishdagi kamchiliklarini bartaraf etishi yuzasidan ogohlantirishlar berildi. Jumladan, Navbahor tumanidagi “Hurriyat Qobilova” fermer xo‘jaligi tomonidan g‘o‘za maydonida sharbat handaqlari tashkil etilmagan. Oqibatda g‘o‘za maydoni “sharbat”siz sug‘orilganligi aniqlandi.

Suv taqchilligi mavjud bir paytda suv isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan, beparvo bo‘lgan fermer xo‘jalik rahbarlariga ogohlantirishlar berildi.

O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan mazkur yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari davom etmoqda.

O‘zagroinspeksiya” Navoiy viloyat boshqarmasi Axborot xizmati

Text to speech