30 iyun "Yoshlar kuni"ni munosabati bilan tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi PF-37 son Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini tashkil etish hamda 30 iyun "Yoshlar kuni"ni munosib nishonlash maqsadida, tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan
"Rahbar va yoshlar uchrashuvlari"ni tashkil etish belgilangan.
Shu munosabati bilan, Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasida barcha tarkibiy tarmoq hamda tuman bo‘limlari mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bilan boshqarma boshlig‘ining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda boshqarma boshlig‘i yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar hamda faoliyatlari davomida rioya qilishi kerak bo‘lgan tavsiyalarini berib o‘tdi. Yosh mutaxassislarni qiziqtirgan savol va muammolarini atroflicha eshitib, zarur choralar-tadbirlar ko‘rish takliflarini ko‘rib chiqdi.
Uchrashuv yakunida boshqarma boshlig‘i barcha yosh mutaxassislarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, kelgusida mehnat faoliyatlariga omad tiladi