“O‘zagroinspeksiya”ning Nurobod tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 17 - apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida joriy yilning 9 oyi davomida 76 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, 76 nafar mexanizatorlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 112-moddasi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib 14 mln 294 ming so‘m mablag‘ undirildi.
Tumanda yanvar-sentyabr oylarida 207 ta texnikalar ro‘yxatga olinib, shundan 194 tasi traktor, tirkama, o‘zi yurar texnika va 13 tasi qishloq xo‘jaligi mashinalari agregatlarini tashkil etadi.
O‘tgan davr davomida 198 nafar yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan texnikalarga davlat raqam belgisi, 43 ta plastik ko‘rinishdagi texnik pasport, 18 ta texnik guvohnomalar berilib, 29 dona texnika ro‘yxatdan, 3 dona texnika hisobdan chiqarildi.
Bundan tashqari 84 nafar jismoniy shaxslarga traktorchi-mashinist guvohnomalari berildi, 449 ta traktor, tirkama, o‘zi yurar texnika va QXM, agregatlari majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tumandagi barcha qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi texnikalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi Inspeksiyaning Nurobod tuman bo‘limi tomonidan doimiy nazoratga olingan.
Mamat O‘runov, “O‘zagroinspeksiya”ning Nurobod tuman bo‘limi boshlig‘i