Ру Ўз O`z En

Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q yoxud suvdan foydalanishdagi huquqbuzarliklar

3 Dekabr 2021 1863

Samarqand viloyatida 2022 yil hosili uchun ekilgan g‘alla maydonlarini sug‘orish davomida suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv isteʼmoli tartibiga rioya etilishi, suv isrofgarchiligining oldini olish ustidan “O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

O‘z navbatida, Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib kelinmoqda. O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida suv isteʼmoli talablari buzilishi, suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilishi singari salbiy holatlar ham aniqlanmoqda.

Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan joriy yil yanvar - noyabr oyining o‘tgan davri davomida 2625 marta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, 1100 ta holatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga rioya etilmaslik holatlari aniqlandi. Jumladan, 1516 ta suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga ogohlantirishlar berildi.

Aniqlangan huquqbuzarliklar holatlari yuzasidan 819 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, 252 ta yozma ko‘rsatmalar berildi.  qonunbuzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan  40 ta taqdimnomalar berildi.

 Misol uchun, Jomboy tumanidagi N.Esonturdiyev nomli muqobil MTP hududidagi "G‘alla-sabzavotchilik fayz" fermer xo‘jaligi,  A.Navoiy nomli muqobil MTP hududidagi "Quvondiq Toshboy otalar dalasi" fermer xo‘jaligi,  Bulung‘ur tumani “Do‘stlik” agrofirmasi hududidagi “Olish Xolmonov”,  Ishtixon tumani Ravot qo‘rg‘oni muqobil MTP hududidagi “Asalchi Eldor”,  Kattako‘rg‘on tumani M.SULTONOV nomli muqobil MTP hududidagi  “Shahobiddin Shaxruz” fermer xo‘jaliklari tomonidan g‘alla maydonlarini sug‘orishda suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan hamda mazkur holatlar yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasining MJtK tegishli moddalariga asosan huquqiy taʼsir chorasi qo‘llanildi.

Odiljon Shomurodov, “O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi katta inspektori

Text to speech