Ру Ўз O`z En

Oqoltin tumanining 576 gektar yer maydoniga soya ekini ekilishi taʼminlandi

27 Aprel 2022 2152

Barcha davlatlar singari yurtimizda ham bugungi kunda Oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab kundan- kunga ortib bormoqda. Ushbu talabni birdek qondirish va aholi dasturxonini sifatli oziq- ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash yuzasidan bir qator qarorlar qabul qilinib, bu borada sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonining ijrosini hamda hukumatimiz tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan belgilangan topshiriqlariga asosan asosiy maydonlarga ertagi ekin sifatida kartoshka, sabzi, piyoz va soya ekinlarini o‘z vaqtida ekilishini nazorati «O‘zagroinspeksiya»ga yuklatilgan.

Bundan tashqari, joriy yilning 18 aprel kuni Sirdaryo viloyat hokimining “Viloyat hududlarida soya ekishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 163-9-0-Q/22 sonli qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 575-sonli qarorida “Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, Qishloq xo‘jaligi ekinlarini hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib joylashtirilishi hamda ekilishi, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi” ustidan qatʼiy nazorat qilish  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi asosiy vazifasi etib belgilangan.

Yuqoridagi normativ-huquqiy hujjatlarni ijrosini taʼminlash maqsadida inspeksiyaning Oqoltin tumani bo‘limi xodimlari tomonidan doimiy monitoring tadbirlari va o‘rganishlar olib borilmoqda. Binobarin o‘rganish natijalariga ko‘ra, tumanda jami 600 gektar maydonga soya ekini ekish belgilangan bo‘lib, Ushbu maydonlarda soyaning serhosil va tezpishar navlarini ekish uchun “Bobur Qishloq xo‘jaligi” MCHJ tomonidan 30 tonna “Nafis” navi urug‘lari, shuningdek “Oqoltin APK” UK klasteri tomonidan 2 tonna 200 “Binafsha” navi hamda 2 tonna 200 “Durdona” navlari urug‘lari olib kelindi. Joylarda soya ekish uchun xar bir gektariga talab etiladigan 60 kg urug‘lik chigit o‘z vaqtida va sifatli tayyorlanib yetkazilishi hamda 80 kg/ga fosforli va 40 kg/ga kaliyli mineral o‘g‘itlar bilan jadal surʼatlarda ekilishi doimiy nazoratga olinishi natijasida bugungi kunda jami 576 gektar maydonda soya ekish ishlari sifatli amalga oshirilishi taʼminlandi.

Tumandagi soya ekilgan maydonlardan 720 tonna soya doni yetishtirish, xom ashyoni qayta ishlash hisobiga esa aholiga 130 tonnadan ortiq soya yog‘i va540 tonna yuqori ozuqali soya shroti yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

"O‘zagroinspeksiya"ning Oqoltin Tuman bo‘limi tomonida yuqoridagi qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan Soya ekinining har bir hududda belgilangan muddatda to‘liq ekilishini, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi yuzasidan monitoring tadbirlari olib borilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordamlar berilishi taʼminlanmoqda.

Ikromjon Olimjonov, "O‘zagroinspeksiya"ning Oqoltin Tuman bo‘limi “Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish sho‘basi” inspektori

Text to speech