Ру Ўз O`z En

Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 6 ming tonna urug‘lik kartoshka olib kelish rejalashtirilmoqda, urug‘liklar saqlanishi Inspeksiya nazoratida

8 Fevral 2022 1419

"O‘zagroinspeksiya" faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatga ko‘ra, Inspeksiya xodimlariga qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lik sifati bo‘yicha sohada davlat siyosatining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlarida 2022 yil hosili uchun 1610 ta fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining 2250 gektar asosiy maydonlariga kartoshka ekinlarini ekish uchun talab etiladigan urug‘liklarining, mineral o‘g‘it va yoqilg‘i-moylash materiallari hajmlari hamda talab etiladigan mablag‘larining hisob-kitobi ishlab chiqilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Ushbu maydonlarni ekish uchun talab etiladigan 6000 tonna kartoshka urug‘larini fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan Toshkent, Samarqand viloyatlari va Rossiya Federatsiyasi, Pokiston va Qozog‘iston Respublikalaridan import qilish belgilangan.

Bugungi kunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida tadbirkorlar tomonidan 1000 tonna urug‘lik kartoshka olib kelingan bo‘lib, ushbu urug‘lik kartoshkalarning GOST-33996 talabi asosida saqlanishi bo‘yicha Inspeksiya xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

"O‘zagroinspeksiya" ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning Qonun talablari asosida olib borilishi kunlik nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida bu ishlarni davom ettiriladi.

I.B.Begjanov, Inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishi va taʼminotini nazorat qilish” bo‘limi bosh inspektori.

Text to speech