Ру Ўз O`z En

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga tegishli texniklar bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi

15 Sentyabr 2021 1956

Inspeksiyaning 2021 - yil II yarim yilligi ish rejasiga muvofiq, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tarkibidagi xo‘jalik subyektlarida qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik holati va ularning ekspluatatsiya qilinishi ustidan o‘rnatilgan tartibda nazorat tadbirlari o‘tkazildi. 

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimidagi 79 ta xo‘jalik subyektlari balansida mavjud jami 847 ta, shundan 373 ta o‘ziyurar texnikalar, 156 ta tirkamalar hamda 318 ta agregat va uskunalarning 241 tasi, jumladan 33 ta o‘ziyurar texnikalar, 33 ta tirkamalar hamda 175 ta agregat va uskunalardan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan foydalanib kelinayotgani aniqlangan. Bu bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 17 apreldagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”ning 7-bandi talablari buzilgan.

Shuningdek, jami 6 ta holatda qishloq xo‘jaligi texnikalariga masʼul shaxslar buyruq bilan tayinlanmaganligi, 13 ta holatda texnika vositalarini saqlash qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi, 52 ta holatda traktorchi-mashinistlarning boshqarayotgan texnika vositalari ularning “traktorchi-mashinist guvohnomasi” toifalariga mos emasligi, 91 ta holatda texnikalardan foydalanish, ularni taʼmirlash, servis xizmati ko‘rsatish va saqlash qoidalariga rioya qilinmaganligi oqibatida texnikalar yaroqsiz holga keltirilganligi hamda 239 ta texnikalar yillik majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilmay foydalanib kelinganligi aniqlangan.

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha Qo‘mita tizimidagi xo‘jalik subyektlariga 21 ta yozma ko‘rsatma, 14 ta taqdimnoma kiritilib, 77 nafar, shundan 26 nafar masʼul mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Yuqoridagi aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini oldini olish va ularni bartaraf etish yuzasidan Qo‘mitaga yozma taqdimnoma kiritildi.

 

"O‘zagroinspeksiya" ning Texnika holatini nazorat qilish boshqarmasi 

Text to speech