NAVOIY VILOYATIDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA "O‘ZAGROINSPEKSIYA BOG‘I" BARPO ETILDI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyatiga tashrifi davomida berilgan ustuvor vazifalardan biri “Yashil makon” loyihasi doirasida viloyatning shahar va tumanlari, qishloqlarida yangi bog‘lar, so‘lim xiyobonlar, yashil hududlar tashkil etish belgilab berilgan edi.
Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilangan.
Xususan, ushbu topshiriq ijrosini samarali tashkil etish maqsadida, Inspeksiyaning viloyat hamda tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Karmana tumani «Q.Raximov» hududidagi 1 gektardan ziyod yer maydoni barpo etilib, ushbu yer maydonida har xil turdagi mevali ko‘chatlari ekilib, "O‘zagroinspeksiya bog‘i" barpo etildi.