1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (PQ-2-son, 10.11.2021) “Paxta xomashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda 2022 yil hosilidan paxta yetishtirishni va yig‘im-terimini Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan moliyalashtirishning tartibi joriy etilishi belgilandi:
Jumladan,
-paxta yetishtirish va yig‘im-terimni imtiyozli moliyalashtirish paxta-to‘qimachilik klasterlari va Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari orqali amalga oshiriladi;
-tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma resurslari hisobidan quyidagilar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi;
Paxta-to‘qimachilik klasterlariga paxta yetishtirish uchun-paxta xomashyosi qiymatining 60 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz stavkada 24 oyga, shu jumladan 18 oylik imtiyozli davr va 19-oydan boshlab so‘nggi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;
Elita urug‘chilik xo‘jaliklariga paxta yetishtirish uchun-paxta qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada 14 oyga;
Paxta-to‘qimachilik klasterlari va elita urug‘chilik xo‘jaliklariga paxta yig‘im-terimni moliyalashtirish uchun paxta qiymatining 20 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz 12 oyga, 3 oylik imtiyozli davr bilan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar mineral o‘g‘it, yoqilg‘i-moylash, texnikaga oid masalalar, ularni import qilishni mustaqil hal qiladi, bunga har qanday tarzda aralashish taqiqlanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (PQ-6-son, 11.11.2021y) “Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, davlat tuman(shahar) va viloyat tibbiyot muassasalari uchun Moliya vazirligi talabnomalariga asosan 2021-2022 yillarda 100 mln AQSH dollarigacha ekvivalentdagi milliy valyutada kredit mablag‘lari ajratiladi. Bunda, ushbu mablag‘lar talabnomalar taqdim etilgan sanadan boshlab 3 yil muddatgacha beriladi.
Shunga ko‘ra, mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan talabnomalariga hamda belgilangan hamda belgilangan stavkaga ko‘ra qaytarish sharti bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ularga byudjet ssudasi sifatida ajratiladi.
Har bir hudud va muassasa kesimida tibbiy uskunalarga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanib, tegishli ro‘yxatga asosan tibbiy uskunalar xarid qilinadi. Tibbiy uskunalarni xarid qilish bo‘yicha texnik topshiriqlar va tender hujjatlari “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi. Qarorga ko‘ra, hokimliklar hududlardagi tibbiyot muassasalari mutaxassislarining yetakchi xorijiy tibbiy muassasalarda malakasini oshirish maqsadida Markazda kompleks ekspertizadan o‘tkazish sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishi mumkin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (PQ-10-son, 15.11.2021y) “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni taʼminlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2022 yildan ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlari xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil joylashtiriladi.
2022-2024 yillarda klasterlar va fermerlar yetishtirgan hosilining g‘alla ekilgan har gektar maydon hisobidan o‘rtacha 2,5 tonnadan bug‘doyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotiladi.
Har yili 1 avgustgacha bug‘doyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narx OAVda eʼlon qilinadi.
Davlat boshqaruvi organlari, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga
-imtiyozli kreditlardan foydalanish yo‘nalishlariga aralashish;
-bug‘doyni sotish, shartnomalar tuzish, respublika hududlari o‘rtasidagi ichki tashuvlarga aralashish;
-g‘allachilik klasterlariga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yo‘nalishlarni qo‘shish to‘g‘risida yozma yoki og‘zaki tartibda ko‘rsatma berish taqiqlanadi.
Shuningdek, 2021-2022 yillarda “O‘zdonmahsulot”AK tizimidagi don korxonalari tadbirkorlarga sotiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-728-son, 15.11.2021)
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga ko‘ra, quyidagi yerlar xususiylashtirilishi mumkin:
-yuridik shaxslarga tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar;
-fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik va shaharsozlik uchun berilgan yerlar;
-xususiylashtiriladigan davlat obyektlari joylashgan yerlar
-bo‘sh turgan yerlar.
Yer uchastkalari qo‘yidagi shakllarda xususiylashtiriladi:
-umrbod egalik qilish huquqi asosida bo‘lgan yerni sotib olish;
-yerni elektron onlayn-auksion orqali sotib olish.
Xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lar Davlat byudjetiga yo‘naltiriladi.
Xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadigan holatlar:
-xususiylashtirish uchun asos mavjud emasligi;
-yerga nisbatan tugallanmagan sud ishlarining mavjudligi
-yerda joylashgan ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqning yoki vning mavjudligi;
-aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarida, aholi punkti loyihalarida xususiylashtirishga monelik qiladigan maʼlumotlarni mavjudligi;
-davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror mavjudligi;
-xususiylashtirilgan yer uchastkasini sotishga yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;
-arizada noto‘g‘ri, bir-biriga zid bo‘lgan yoki boshqacha tarzda o‘zga shaxsga o‘tkazishga nisbatan taqiqning mavjudligi;
-xususiylashtiriladigan yer puli to‘lanmaganligilar xususiylashtirishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Yerga ijro hujjatlari bo‘yicha undiruv qaratilganda yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun sotib olinganda; yer rekviziya qilinganlar Kabi holatlarda xususiylashtirilgan yerni mulkdordan olib qo‘yish mumkinligi belgilandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (PF-14-son, 16.11.2021y) “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlarim to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan Paxta-to‘qimachilik klasterlarini faoliyatini muvofiqlashtirish respublikasi komissiyasi tasdiqlandi. Komissiya paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish uchun arizalarni ko‘rib chiqadi. Klasterlar komissiyasi xulosasiga asosan Hukumat qarori bilan tashkil qilinadi va talabgor bilan o‘ttiz yilga bitim tuziladi.
Bitim quyidagi holatlarda faqatgina sud tartibida bekor qilinadi:
-tomonlarning biri qarshi bo‘lganida;
-bitimdagi majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmaganida;
-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning uchdan ikki qismi klasterlar tomonidan shartnoma shartlari 3 yil bajarilmaganligiga oid murojaatlari bo‘lganda.
Klaster tashkil qilishda yetishtiriladigan yoki sotib olinadigan paxtaning kamida 50 foizini o‘zida qayta ishlash quvvati bo‘lgan talabgorga ustunlik beriladi.
Klasterlarning yillik paxta hajmi 30 ming tonnadan ko‘p bo‘lganda audit o‘tkazishga xalqaro auditorlar jalb qilinadi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (689-сон,17.11.2021 y.) “Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Nizomga muvofiq, genom bo‘yicha davlat ro‘yxati IIVning Ekspert-kriminalistika bosh markazi tomonidan yuritiladi.
Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish- biologik materialdan foydalanish, odamning shaxsini tanib olinmagan murdani aniqlash uchun genomga oid axborotga ishlov berish bilan bog‘liq faoliyat.
Majburiy ro‘yxatga olinadiganlar:
-og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat, jinsiy erkinlikga qarshi jinoyat, 16 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish va ularga uyatsiz harakatlar qilish bilan bog‘liq jinoyat sodir qilganlar;
-og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida jalb qilinganlar;
-tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv dastlabki tergov jarayonida biologik material olingan aniqlanmagan shaxslar;
-tanib olinmagan murdalar
Jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya xizmati genom bo‘yicha majburiy ro‘yxatga olinadigan shaxslar ro‘yxatini shakllantiradi.
Genom bo‘yicha ixtiyoriy ravishda davlat ro‘yxatiga olish fuqarolarning yozma arizasiga ko‘ra pullik amalga oshiriladi.
Mazkur tartib 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.