Inspeksiya boshlig‘ining 2022-yil 12 maydagi I-32 sonli buyrug‘iga asosan joriy yilning 19 may kuni sportning stol tennisi bo‘yicha “Inspeksiya boshlig‘i kubogi 2022” musobaqasining tuman bosqichi, 23 mayda hududiy bosqich - Inspeksiya markaziy apparati va Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi uchun musobaqalar tashkil etildi.
Tuman bosqichida jami 757 nafar xodim ishtirok etib, g‘oliblar hududiy bosqich uchun yo‘llanma oldilar.
Ikkinchi bosqichda jami 175 nafar ishtirokchilar respublika bosqichi uchun bellashdilar.
Eslatib o‘tamiz, respublika bosqichi joriy yilning 26 may kuni O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Tashkil etilayotgan bu kabi musobaqalar insonda birdamlik, bir-birini tushunish, sog‘lom raqobatga kirishish kabi xususiyatlarni rivojlantiradi.Davlat xizmatchilarining jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanishi samarali mehnat faoliyatini olib borishida ham muhim hisoblanadi
Musobaqalardan fotolavhalar