Ру Ўз O`z En

“O‘zagroinspeksiya” tomonidan 34 mingdan ortiq qishloq ho‘jaligi texnikalariga texnik pasport va texnik guvohnomalar berildi

3 Noyabr 2022 1673

“O‘zagroinspeksiya” faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-xuquqiy hujjatlar, shuningdek, "Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qaroriga asosan bugungi kunda Inspeksiyaning Texnikalar holatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2022 yil o‘tgan 9 oyi davomida Inspeksiya tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi: 34 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Joriy yilda ishlab chiqarilgan jami 2 316 ta yangi zamonaviy qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, jumladan, ushbu texnikalarni 1543 ta qishloq xo‘jaligi, 222 ta melioratsiya va 551 tasi yo‘l qurilish texnikalari tashkil etadi.

Davlat ro‘yxatiga olingan texnikalarga 34 mingdan ortiq texnik pasport va texnik guvohnoma hamda 25 mingdan ortiq davlat raqam belgisi rasmiylashtirib berildi.

Qog‘ozbozlikni kamaytirish hamda maʼlumotlarni onlayn real vaqt rejimida uzatilishini taʼminlash maqsadida, Inspeksiyaning “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarining elektron hisobi” axborot tizimi 8 ta vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilindi.

Buning natijasida Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi hamda loyiha qidiruv va qurilish tashkilotlari reytinglarini belgilovchi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimlariga qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari va ularning mulk egalari to‘g‘risida maʼlumotlar inson faktori aralashmagan holda, onlayn real vaqt rejimida elektron ravishda uzatilishi yo‘lga qo‘yildi.

Qishloq xo‘jaligi melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik ko‘rikdan o‘tkazishda Yangi mobil xizmat yo‘lga qo‘yildi. Yaʼni texnika egalarining murojaatlari asosida, texnikani turgan joyiga chiqqan holda, zamonaviy texnik ko‘rik jihozlari yordamida texnik ko‘rikdan o‘tkazish xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari mulk egalariga texnik ko‘rik muddati kelganligini xabardor etish maqsadida SMS xabarnoma” dasturi ishga tushirildi.

Bularning natijasida 184 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

"O‘zagroinspeksiya" va tegishli masʼul idoralar bilan birgalikda hududlarda ishsiz yoshlarni kasbga yo‘naltirish maqsadida, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish xuquqini beruvchi traktorchi-mashinistlikka tayyorlash bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

Respublika bo‘yicha 229 ta Traktorchi mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanadigan taʼlim muassasalarini moddiy-texnik va o‘quv metodik bazasi ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘rik natijasida aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etilib, 229 ta Traktorchi mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanadigan taʼlim muassasalari O‘zagroinspeksiya tomonidan traktorchi-mashinistlar tayyorlaydigan taʼlim muassasalari hisobiga olindi.

Ushbu taʼlim muassasalarida bugungi kun holatiga 3 926 ta talaba o‘qishni yakunlagan bo‘lsa, 11 201 ta talaba o‘qishni davom ettirmoqda va ularning o‘quv jarayoni elektron kuzatib borilmoqda.

Eng eʼtiborli jihati traktorchi-mashinist guvohnomasi uchun 92 ta qizlar taʼlim muassasalarida o‘qishni davom ettirmoqda.

Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash sohasida shaffoflikni hamda raqamli texnologiyalarni qo‘llash maqsadida, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi berish axborot tizim ishlab chiqilib, ishga tushirildi.

Ushbu dasturda:

- Traktorchi-mashinistlar tayyorlaydigan o‘quv muassasalarida o‘qiyotgan talabalarning elektron ro‘yxati hamda o‘qish yakuni bo‘yicha ularning natijalarini onlayn yuritish;

- inspeksiya tomonidan o‘tkaziladigan nazariy imtihonlarni inson faktori aralashmagan holda elektron tarzda olish;

- nazariy va amaliy imtihonlardan muvofaqqiyatli o‘tgan fuqarolarga  yangi namunadagi plastik shakldagi traktorchi-mashinist guvohnomasi berish;

- respublika bo‘yicha traktorchi-mashinist guvohnomasi olganlarning elektron bazasini shakllantirish imkoniyatlari yaratildi

Shu yilning o‘tgan davri mobaynida jami 22 791 ta fuqarolarga traktorchi-mashinist guvohnomasi rasmiylashtirib berildi, shundan 12 778 ta eski namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomasi yangi namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomasiga almashtirib berildi.

Umuman olganda, sohani raqamlashtirish orqali elektron maʼlumot almashinishni jadallashtirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishsifatini oshirish, shuningdek yoshlarni traktorchi-mashinist kasbini egallashi bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

A.Mirzaahmedov, Inspeksiyaning Texnikalar holatini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i

Text to speech