Ру Ўз O`z En

“O‘zagroinspeksiya” tomonidan joriy yil avgust-sentyabr oylarida asosiy maydonlarda ekiladigan piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarining mavjud hamda yetishmaydigan urug‘liklar tahlil qilindi.

6 Avgust 2021 2115

 “O‘zagroinspeksiyaning viloyat va tuman bo‘limlarining urug‘chilikni nazorat qilish sohasi inspektorlari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 martdagi “Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to‘g‘risidagi 121-sonli qarorining 3-ilovasi ijrosini taʼminlash maqsadida, 2021 yil hosili uchun avgust-sentyabr oylarida asosiy maydonlarda ekiladigan piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari urug‘liklarini mavjudligi hamda yetishmaydigan qismini aniqlash, yetishmaydigan urug‘liklarni import qilish choralarini ko‘rilishi bo‘yicha mahalliy hokimliklar tomonidan olib borilayotgan ishlar nazorat qilib borilmoqda.

Shuningdek, joriy yil avgust-sentyabr oylarida asosiy maydonlarda ekish uchun jami 15 ming 475 gektar maydonlarda piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari shundan, 8 ming 753 gektar piyoz va 6 ming 722 gektar sarimsoqpiyoz ekilishi rejalashtirilgan. Bunga jami 8 ming 843 tonna urug‘lik talab etilishi hisob kitob qilingan.

O‘zagroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari inspektorlari tomonidan urug‘liklarning mavjudligi va ularning saqlanish holatlari qisqa muddatda o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar natijalariga ko‘ra, bugungi kunda, Respublika bo‘yicha jami 8 ming 375 tonna urug‘liklar mavjud ekanligi hamda talab etiladigan urug‘lik miqdoriga nisbatan 468 tonna, shundan, 4,5 tonna piyoz va 463 tonna sarimsoqpiyoz urug‘liklari yetishmasligi maʼlum bo‘ldi.

Jumladan, Jizzax viloyatida 3 tonna piyoz va 353 tonna sarimsoqpiyoz, Toshkent viloyatida 1 tonna piyoz va 111 tonna sarimsoqpiyoz urug‘liklari yetishmasligi aniqlanib, ekish ishlariga masʼul bo‘lgan masʼullarga tegishli ogohlantirishlar kiritilishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, “O‘zagroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari inspektorlari tomonidan ekish mavsumi davomida fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga sifatli urug‘liklarni o‘z muddatida yetkazib berilishi hamda to‘liq ekilishi doimiy nazorat qilib boriladi.

 

 O‘zagroinspeksiya” katta inspektori

Z.Ismatov

Text to speech