Ру Ўз O`z En

“O‘ZAGROINSPEKSIYA”DA APELLYATSIYA KENGASHI TASHKIL ETILDI

26 Oktyabr 2022 1247

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 iyundagi PQ-4754-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Inspeksiya boshlig‘ining 2022 yil 20 oktyabrdagi I-82 buyrug‘i bilan jismoniy va yuridik shaxslar hamda “O‘zagroinspeksiya” o‘rtasida nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashi tashkil etildi, tarkibi hamda Nizomi, shuningdek, Kengashning 21 oktyabrdagi 1-sonli majlis bayoni bilan Kengash raisi va o‘rinbosari aʼzolar tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanib, tasdiqlandi.

Apellyatsiya kengashi 11 nafar aʼzolardan iborat tarkibda tuzilgan.

Apellyatsiya kengashi:

jismoniy va yuridik shaxslarning hamda “O‘zagroinspeksiya” o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish va xulosa qabul qilish orqali ularni hal qilish choralarini ko‘radi; murojaatni ko‘rib chiqishda qonunchilik hujjatida turlicha talqin etilishi mumkin bo‘lgan normalar aniqlangan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llangan taqdirda, ularni belgilangan tartibda rasmiy sharxlashni tashkillashtirish bo‘yicha choralarni ko‘radi; murojaatni ko‘rib chiqishda aniqlangan qonunchilik hujjatlaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish vazifalarini amalga oshiradi. Jismoniy va yuridik shaxslar nizoli masalani Apellyatsiya kengashida ko‘rib chiqish uchun “O‘zagroinspeksiya”ga yozma (elektron) tarzda murojaat qiladi. “O‘zagroinspeksiya” boshlig‘i (yoki uning o‘rinbosari) tomonidan murojaat uning muallifini xabardor etgan holda u kelib tushgan kundan boshlab bir kun ichida ko‘rib chiqish uchun Apellyatsiya kengashiga yuboradi. “O‘zagroinspeksiya”ga kelib tushgan takroriy murojaatlarda Apellyatsiya kengashi vakolatiga kiradigan masalalar keltirilgan bo‘lsa, “O‘zagroinspeksiya” boshlig‘i mazkur murojaatni ko‘rib chiqish uchun Apellyatsiya kengashiga o‘z tashabbusiga ko‘ra ham jo‘natishi mumkin. “O‘zagroinspeksiya”ga kelib tushgan takroriy murojaat ko‘rib chiqish uchun Apellyatsiya kengashiga jo‘natilgan hollarda, bu haqda murojaat etuvchiga darhol yozma yoki elektron xabar yuboriladi. Murojaat Apellyatsiya kengashiga kelib tushgan kundan eʼtiboran o‘n besh kun mobaynida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi. Yuzaga kelgan nizoli holatni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari Apellyatsiya kengashining raisi tomonidan, istisno tariqasida, ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga darhol yozma yoki elektron xabar yuboriladi. Murojaat Apellyatsiya kengashining majlisida ko‘rib chiqilib, qabul qilingan qaror xulosa shaklida rasmiylashtiriladi va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi. Apellyatsiya kengashining xulosasi tavsiyaviy tusga ega bo‘lib, xulosani qabul qilib olgan “O‘zagroinspeksiya” boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari uni inobatga olishi yoki yozma asoslantirilgan tarzda rad etishi mumkin. Bunda, “O‘zagroinspeksiya” boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari qabul qilingan qaror to‘g‘risida uch kun muddatda Apellyatsiya kengashi va taraflarni yozma yoki elektron tarzda xabardor qiladi.

A.Ochilov, “O‘zagroinspeksiya” ning Huquqiy-taʼminlash va xalqaro-huquqiy munosabatlar bo‘limi boshlig‘i

Text to speech