Ру Ўз O`z En

"O‘zagroinspeksiya"da Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

28 Iyun 2022 1619

Bugun, 28 iyun kuni "O‘zagroinspeksiya"da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.  Muhokama -munosabat tarzda o‘tgan davra suhbatida Agroinspeksiya markaziy apparati va hudidy boshqarmalari tizimida faoliyat yuritayotgan 1 ming 500 nafardan ziyod xodimlar qatnashdilar.

Tadbirda ishtirok etgan Oliy Majlis instituti mutaxassisi N. Ortiqov tomonidan “O‘zbekiston – ijtimoiy davlat”  g‘oyasini Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga chuqur singdirilgani, uni amaliy hayotimizda bosh qadriyatga aylantirish zarurati, yaʼni, insonning qadr-qimmati, shaʼni va g‘ururi bundan buyon barcha sohalarda birinchi o‘rinda turishi kerakligi to‘g‘risidagi qoidalarning Konstitutsiya loyihasidan o‘rin olganligi taʼkidlab o‘tildi.

Ayni damda bosh Qomusimiz 128 -moddani o‘z ichiga olgan bo‘lib, loyihaga muvofiq, hujjatning muqaddima qismi va 64 ta moddasiga yaʼni teng yarmiga 200 dan ortiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar, 6 ta yangi modda kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar avvalo "inson qadri uchun"degan tamoyilni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bo‘lib, mazkur o‘zgarishlar jamiyatimizning barcha sohalarini qamrab oladi.

Jumladan, homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ularning ish haqini kamaytirishning taqiqlanishi, bolalar mehnatining eng yomon shakllaridan foydalanish qonunga binoan javobgarlikka sabab bo‘lishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordam ko‘rsatishning qonunda belgilangan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli ekanligi taʼkidlandi.

Agroinspeksiyada o‘tkazilgan bugungi tadbir oilasi, farzandlari kelajagi va vatan taqdiriga befarq bo‘lmagan har bir xodim uchun ayni muddao bo‘ldi, desam yanglishmayman. Takliflarni berdik, fikr-mulohazalarimizni bildirdik. Chunki, yurt kelajagi va Vatanimiz taqdiri siz va bizning mazkur jarayondagi faol ishtirokimizga bog‘liq bo‘lib, kelgusi taraqqiyotimiz uchun muhim ahamiyat kasb etadi - deydi Agroinsnpeksiyaning Paxta xom-ashyosi va uni qayt ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori - Sh. Mamadaliyeva.

Joriy yil, 25 iyundan boshlab 10 kun davom etadigan umumxalq muhokamasi natijasi umumlashtirilib, qonun loyihasi yana-da takomillashtiriladi.

Uning natijalariga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi referendumiga qo‘yiladi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflarni “Meningkonstitutsiyam.uz” elektron platformasi, shuningdek, 1341 qisqa raqami orqali yuborishingiz hamda Inspeksiya markaziy apparatiga ham taqdim etishingiz mumkin.

 O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati

Text to speech