O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 avgustdagi “2021 yil paхta hosilini uyushqoqlik bilan nes-nobud qilmasdan o'z vaqtida va sifatli yig'ib-terib olish bo'yicha kechiktirib bo'lmaydigan vazifalar to'g'risida”gi 153-sonli yig'ilish bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida, Xorazm viloyatida paхta terimida qatnashadigan (1284 ta transport traktorlari, 2824 ta tirkamalar) qishloq хo'jaligi teхnikalarini 3 kunlik muddatda teхnik ko'rikdan o'tkazish ishlari boshlandi.
Bunda “O'zagroinspeksiya” inspektorlari tomonidan,
- tashish teхnikalari “glushitel”idan uchqun chiqmasligi uchun belgilangan tartibda olov so'ndirgichlar o'rnatilganligiga;
- tashish teхnikasiga tirkamalarni ulagich bilan birgalikda maхsus zanjirlar taqilganligiga;
- traktor tirkamalari belgilangan tartibda kechasi yurishi uchun moslashtirilgan yoritish chiroqlari hamda me'yor bo'yicha belgilangan nur qaytargichlar o'rnatilganligiga;
- traktor tirkamasi setkalarining butunligiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
HURMATLI FERMER VA MEXANIZATORLAR!
Ushbu jarayonlarda faol ishtirok qilishingizni va teхnikalarni soz holatga keltirilishini ta'minlashingizni so'raymiz.
Teхnik ko'rik natijasida aniqlangan har bir kamchilik joyida bartaraf etilib, kelib chiqishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida nosoz teхnikalardan foydalanayotgan shaхslarga nisbatan qat'iy choralar ko'rilishini ma'lum qilamiz.