Ру Ўз O`z En

Pastdarg‘omda suvdan foydalanishda 42 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

25 Iyun 2021 1873

Samarqandlik ko‘pni ko‘rgan, tajribali dehqonlar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda suvdan oqilona va samarali foydalanishga alohida eʼtibor qaratishmoqda. Ayniqsa, joriy yilida suv taqchilligini yumshatish maqsadida, suv tejamkor texnologiyalarni joriy etish yuzasidan qator ibratli loyihalar amalga oshirilmoqda.

2021 yili Samarqand viloyatida 29 ming 129 gektar yer maydonida suv tejamkor uskunalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shuning 19 ming 146 gektari tomchilatib, 183 gektar yomg‘irlatib sug‘oriladi.

Sohaga oid qabul qilingan qarorlar ijrosini taʼminlash yuzasidan “O‘zagroinspeksiyaning Pastdarg‘om tumani bo‘limi xodimlari tomonidan keng qamrovli nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

O‘tkazilayotgan monitoring-tahlillar davomida, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda suv yetkazib beruvchi tashkilotlar, suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer, dehqon xo‘jaliklari, klaster tashkilotlari va boshqa suv isteʼmolchilarining suv olish joylarida yuritilayotgan suvning hisobot jurnallari yuritilishi, suvdan oqilona foydalanish, suv isteʼmoli talablariga qatʼiy rioya etilishi singari masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

2021 yilning yanvar-may oylarida “Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli Tartibi”ga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha belgilangan tartibda jami 152 ta nazorat tadbiri o‘tkazildi hamda aniqlangan 42 ta qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 7,8 mln.so‘mlik 26 ta maʼmuriy jarima, 23,4 mln. so‘mlik 6 ta moliyaviy jarima sanksiyalari qo‘llanildi. 6 ta materiallar tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqishlik uchun Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiritildi. Boshqa aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 12 ta yozma ko‘rsatma va taqdimnomalar hamda 90 ta ogohlantirishlar berildi.

Jumladan, tumanning “Mirzo Ulug‘bek” hududidagi “O‘tarchi” fermer xo‘jaligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil             19 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida“gi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablarini buzib, yaʼni tuman SIU bilan suvdan foydalanish yuzasidan shartnoma tuzmasdan suv isteʼmol qilganligi holati aniqlandi. Mazkur fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 74-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy ish qo‘zg‘atilib, Pastdarg‘om tumani sudining qaroriga asosan, 6,1 mln.so‘mlik moliyaviy jarima sanksiya qo‘llanildi.

Shuningdek ushbu hududidagi “G‘olibjon Mamashukurov” nomli fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan 8,9 mln.so‘mlik, “Joniqul Yusupov” hududidagi “Ulug‘bek Zamini paxta dalasi” fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 74-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishligi bo‘yicha sudga yuborilishi taʼminlandi.

Bugungi kunda nazorat tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilib kelinmoqda.  

l.Boyqobilov, “O‘zagroinspeksiyaning Pastdarg‘om tuman

bo‘limi katta inspektori

O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi Axborot xizmati

Text to speech