Ру Ўз O`z En

Harakatlanuvchi mobil texnik nazorat- texnika egalari uchun qulaylik yaratmoqda

14 Iyul 2023 2188

Maʼlumki, Hukumatning 2023- yil 29-apreldagi 170-son Qarorining 4-bandida, "O‘zagroinspeksiya" 2023-yil 1-maydan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini harakatlanuvchi (maxsus avtotransport) mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalangan holda majburiy yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish amaliyotini joriy etish belgilangan.

Yuqoridagi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, Inspeksiya tomonidan o‘tgan davr mobaynida bir qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan, respublikadagi jismoniy va yuridik shaxslar nomiga ro‘yxatga olingan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun “O‘zagroinspeksiya” tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarma va tuman bo‘limlariga 2 tadan jami 28 ta harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalari yetkazilib berildi va ular belgilangan o‘lchov asbob-uskunalari bilan jihozlangan;

1.    Tutun o‘lchagich (Dimomer) - META-01MP 0.1 GTN

2.    Tormoz tizimining samaradorligini o‘lchagich (Izmeritel effektivnosti tormoznix sistem) - ЭФФЕКТ-02.01 GTN

3.    Rul chambaragining erkin harakatlanish oralig‘i masofasini o‘lchagich (Izmeritel lyufta rulevogo upravleniya) - ISL-M-01

4.    Gidro tizimdagi bosimni o‘lchash jihozi (Nabor dlya testirovaniya gidrosistemi) BDTK-60

5. Transport qutisidagi tezlikni o‘lchagich ( Izmeritel skorosti vraщyeniya v trasnportirovochnom keyse) Taxometr Testo 470

6.    Yonilg‘i sarfini o‘lchash- DFN.

Mobil texnik nazorat liniyalari hududiy tuman bo‘limlaridagi tajribali inspektorlarga biriktirilib, ularning o‘lchov asbob-uskunalardan foydalanish bo‘yicha bilimlarini oshirish yuzasidan Inspeksiya tomonidan o‘quv seminarlari tashkil etildi.

 Hozirgi kunda mobil texnik nazorat liniyalari biriktirilgan inspektorlar nafaqat o‘z hududlaridagi qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini, qolaversa yaqin tuman bo‘limlari tyexnika holatini nazorat qilish inspektorlarining talabnomalariga asosan, texnikalarni ushbu xizmatdan foydalangan holda texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlarini amalga oshirib kelmoqdalar.

Ushbu amaliyot joriy etilgan kundan boshlab hozirgi vaqtgacha Respublika bo‘yicha 2500 tadan ortiq don o‘rish kombaynlari va 5 800 taga yaqin texnikalar harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalangan holda texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.

Texnikalarini harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalangan holda texnik ko‘rikdan o‘tkazish amaliyotini joriy etilishi natijasida texnika egalarining so‘rovnomasiga asosan texnikalar turgan joyiga borgan holda texnik ko‘rikdan o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

Natijada, texnikalarni belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari o‘z vaqtida amalga oshirilishiga hamda texnika egasining texnikani texnik ko‘rikdan o‘tkazish uchun belgilangan joyga olib borishiga ketadigan vaqti va ortiqcha yoqilg‘i sarfi tejalishiga imkon yaratildi.

"O‘zagroinspeksiya" Texnika holatini nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech