Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va ish bilan taʼminlash, eksport hajmlarini oshirish, bozordagi narx-navo barqarorligi saqlash hamda dehqonlar daromadini yana-da oshirish maqsadida joylarda bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, respublika hududlarining tuproq-iqlim va suv taʼminoti inobatga olinib g‘alladan va ertaki ekinlardan bo‘shagan maydonlarga hududlardan olgan takliflarga asosan 2024 yil hosili uchun 923,6 ming gektarga ekinlar ekilishi belgilangan.
Shundan, 284,8 ming gektar dukkakli, 227,1 ming gektar ozuqa ekinlar, 110,4 ming gektar sabzavot, 101,2 ming gektar sholi, 55,6 ming gektar tariq, 52,9 ming gektar kartoshka, 47 ming gektar poliz, 38 ming gektar moyli ekinlar va 6,2 ming gektarga supurgi ekish rejalashtirilgan.
Ekinlarni o‘z muddatida ekish uchun talab etiladigan urug‘lik, moddiy-resurslarni yetkazib berish va yetishtirilgan mahsulotni sotib olish bo‘yicha aniq hisob-kitoblar qilinib, joylarda ekish bo‘yicha ishchi guruhlari tashkil etildi.
Jumladan:
-36 ming dan ortiq fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalari o‘z ehtiyoji uchun 452,7 ming gektar;
-406,4 ming ta fermer xo‘jaligi aʼzolari uchun 311,1 ming gektar;
-500,3 ming nafar Daftarlarda ro‘yxatda turgan ehtiyojmand aholi uchun 159,7 ming gektarga takroriy ekin ekishga yer ajratilishi belgilandi.
Takroriy ekinlarni o‘z vaqtida va sifatli ekilishi bo‘yicha hududlardan olingan maʼlumotlar tahlil qilinganda takroriy ekinlarni ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ayrim hududlarda sust tashkil etilayotganini ko‘rsatmoqda.
Joriy yil 22 iyul holatiga Respublika bo‘yicha jami 1 mln. 12 ming gektar (100%) g‘alla maydonlari somondan tozalangan bo‘lib, 901,9 ming gektar (92%) takroriy ekinlar ekilgan.
Ushbu ko‘rsatkichlar hududlar kesimida tahlil qilinganida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 foiz, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 5 foiz va Qashqadaryoda 7 foiz maydonlarda takroriy ekinlar ekilmasdan turganligi aniqlandi.
Takroriy ekin ekish ishlari bo‘yicha kamchiliklar yuzasidan yuqorida belgilangan holatlar bo‘yicha 131 ta ogohlantirish, 6 ta taqdimnoma va 190 yozma ko‘rsatmalar kiritilishi taʼminlangan
"O‘zagroinspeksiya" Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining yetishtirilishini nazorat qilish boshqarmasi