Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni o‘zboshimchalik bilan o‘rab olish-javobgarlikni keltirib chiqaradi

5 Iyul 2024 1420

"O‘zagroinspeksiya" tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni nazorat qilish bo‘yicha muntazam nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, “O‘zagroinspeksiyaning Namangan viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi hamda o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar miqdorlarini aniqlash shular jumlasidandir.

Nazorat tadbirlari davomida, viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan, Pop tumani, M.Mirsultonov massivi xo‘jalik yer tuzish xaritasining 108q-konturidan fuqaro B. E. qonun hujjatlarida belgilangan tartibda (uy-joy, noturar joy, ko‘p yillik daraxtzorlar, boshqalar uchun) yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi tuman hokimining qarori yoki boshqa hujjatlari bo‘lmagani holda, o‘ziga tegishli bo‘lgan turar joy binosining tutash qismidan o‘zboshimchalik bilan tuproq unumdorligi jihatidan 46,3 bonitet ballga teng bo‘lgan 0,06 gektar sug‘oriladigan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan uch tomonlama beton bilan o‘rab olib, qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlangan. Buning natijasida qishloq xo‘jaligi yerlariga 39 mln 703 ming 603 so‘m miqdorida zarar hisoblandi.

Ushbu aniqlangan holat bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rinini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining 55-bandiga muvofiq, “O‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar miqdorlari aniqlanib, belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim qilinadi.

O‘zagroinspeksiyaning Namangan viloyat boshqarmasi

Text to speech