Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi yo‘nalishida yangi loyiha amalga oshiriladi

18 Iyul 2024 338

Bugun "O‘zagroinspeksiya" huzuridagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash" davlat muassasasining markaziy urug‘chilik laboratoriyasiga qardosh Turkiya davlatining O‘zbekistondagi Elchixonasining Qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi janob Burhan DEMIROK tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, maslahatchi Burhan DEMIROK muassasaning faoliyati, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarining ekinbopligi, GMO va xavfsizligini aniqlash, Paxta tolasi va momig‘ini sinovdan o‘tkazish hamda Don va don mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir davomida, Turkiya tajribasi asosida xalqaro standartlarga mos O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazini ochish borasida tomonlar o‘rtasida o‘zaro muzokaralar olib borilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

U. Hasanov, "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash" DM laboratoriya boshlig‘i

Text to speech