Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chilik tarmog‘ini diversifikatsiya qilish asosida respublikada isteʼmolchilarni kafolatlangan urug‘liklar bilan taʼminlash maqsadida ko‘pgina qonun osti normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yana-da rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106 son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan; urug‘liklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarning tuproq- iqlim sharoitidan kelib chiqib, g‘o‘za, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va ozuqa ekinlarini ularning turlari hamda navlari bo‘yicha joylashtirish;
urug‘liklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlardagi qishloq xo‘jaligi subyektlarining yagona elektron tizimini yaratish. Bunda, subyekt nomi, ekin turi, navi va avlodi, urug‘lik maydoniga berilgan mineral o‘g‘itlar turi va miqdori, ishlatilgan kimyoviy vositalar nomi va meʼyori, aprobatsiya komissiyasining navdorlik bo‘yicha xulosasi, yetishtirilgan hosil to‘g‘risidagi maʼlumotlarni aks ettirish;
urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarda vegetatsiya davrida paxta va boshoqli don maydonlarida kamida uch marta, boshqa urug‘chilik maydonlarida kamida ikki marta, urug‘liklarni saqlash va qayta ishlash jarayonlarida doimiy monitoring yuritish, ularga yaqindan amaliy yordam ko‘rsatish va faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqa qo‘shimcha vazifalar Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga yuklatilgan.
Shuningdek 2022 yil 1 yanvardan tuproq unumdorligi yuqori, suv taʼminoti yaxshi bo‘lgan 200 ming gektar sug‘oriladigan yerlarni qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirishga ixtisoslashtirish hamda ixtisoslashtirilgan hududlarda tanlov asosida uzoq muddatga urug‘chilik xo‘jaliklari tanlanishini hamda har yili qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari joylashtirilishini taʼminlanishi belgilandi.
Bundan tashqari Qarorning 4-ilovasiga asosan Respublikada 2022—2025 yillarda yangi navlar maydonlarini kengaytirish hisobiga paxta hosildorligini 50 sentnerga, boshoqli don ekinlari hosildorligini 90 sentnerga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Mazkur tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi ijrosini belgilangan muddatlarda sifatli taʼminlanishi yuzasidan vazirlik idoralar bilan bir qatorda vazifalar ijrosi yuzasidan Inspeksiya tomonidan “Qishloq xo‘jalik ekinlarida agrotexnik tadbirlarni sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish”ga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib Bunda:
Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan g‘o‘zani yetishtirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlanishini nazorat qilish;
Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘liklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarning tuproq- iqlim sharoitidan kelib chiqib, g‘o‘za, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va ozuqa ekinlarini ularning turlari hamda navlari bo‘yicha joylashtirish nazorat qilish.
G‘allani vegetatsiyasi davrida begona o‘t, kasallik va zararkunandalarga qarshi ishlov berish uchun mexanizmlarni tayyorlash, mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar zaxirasini yaratilishini o‘rganib borish.
G‘allachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklar tomonidan boshoqli don ekinlaridan yuqori hosili olishda erta bahorda birinchi, naychalash fazasidagi ikkinchi va zararkunandalardan himoya qilish, bahorgi uchinchi oziqlantirish tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish
Boshoqli don ekinlarini vegetatsiya davridan sug‘orish ishlari hamda urug‘lik uchun qishloq xo‘jalik ekinlari ekilgan maydonlarini aprobatsiya ko‘rigini sifatli o‘tkazilishi nazorat qilish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Inspeksiya organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-106-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, Inspeksiya rahbari tomonidan buyruq chora-tadbirlar rejasi qabul qilinib sohada nazorat o‘rnatilmoqda.
Sh. Xayitov, Inspeksiyaning Don ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i