Ру Ўз O`z En

"Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini xavfsizlik va ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha sinov laboratoriyasi qurilish ishlari boshlandi

27 Aprel 2022 1719

"O‘zagroinspeksiya" huzuridagi "Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi" Davlat unitar korxonasi tomonidan "Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini xavfsizlik va ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha sinov laboratoriyasi" qurilish ishlari boshlandi

2022 yilning II-choragida, ekish materiallari tarkibida GMOning mavjudligini aniqlash bo‘yicha zamonaviy yangi laboratoriya Jahon banki tomonidan ajratilgan 4 mln AQSH dollari miqdoridagi grant mablag‘lari hisobiga tashkil etiladi.

Ushbu laboratoriyada PSR (polimer zanjiriy reaksiyasi) tahlillarini o‘tkazish orqali urug‘ va ko‘chatlarda GMO (genetik modifikatsiyalangan organizm) mavjudligini hamda havfli yashirin virusli kasalliklarni ishonchli va tezkor aniqlash imkoniyati yaratiladi.

Natijada: - import-eksport qilinayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chat materiallarida uchraydigan GMOni hamda xavfli yashirin virusli kasalliklarni aniqlash orqali GMO va xavfli virusli kasalliklar mavjud urug‘liklarni Respublikamizga kirib kelishining oldi olinadi.

Eng asosiysi, Yevropa Ittifoqi bozorlariga imtiyozli huquq asosida O‘zbekistondan tovarlarni eksport qilish imkonini beruvchi “GSP+” tizimi shartlaridan biri bo‘lgan Kartaxen protokoli talabi bajarilishiga erishiladi.

Respublikamizda ilk bor boshoqli don ekinlari urug‘larining navdorligini laboratoriya sharoitida aniqlashda, - Elektroforez va DNK tahlillarini yo‘lga qo‘yish orqali dala sharoitida bitta nav namunasining navdorligini 9 oy davomida sinovdan o‘tkazish jarayoni 5 - 10 kungacha, yaʼni 27 barobar kam vaqt ichida navdorlikni aniqlash imkoniyati yaratiladi;

- ekish uchun tayyorlangan urug‘lik don to‘dalarida mavjud begona nav aralashmalarini ekishdan oldin aniqlashga, shuningdek, navdorligi past bo‘lgan urug‘lik to‘dalari ekilib ketishining oldi olinadi.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech