Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtiruvchi xo‘jalik subyektlarining urug‘chilikdagi faoliyati raqamlashtiriladi

7 Iyun 2022 1773

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, taʼlim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida sabzavot, poliz va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtiruvchi xo‘jalik subyektlarining urug‘chilikdagi faoliyatini raqamlashtirish boshlandi.

Xususan, Inspeksiyaning Ko‘chatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish bo‘limi va uning vertikal tizimidagi inspektorlari tomonidan joylarda faoliyat yuritayotgan sabzavot, poliz va kartoshka hamda mevali daraxt hamda tok ko‘chatlari yetishtiruvchi subyektlarning aniq yuridik manzili, subyekt qaysi ekin turi urug‘liklariga yetishtirishga ixtisoslashganligi va qaysi normativ hujjatga asosan ish yuritishi va hujjatning elektron nusxasi, urug‘lik yetishtirilayotgan maydonning kontur raqami, xaritada ko‘rinishi va ular tomonidan yetishtiriladigan urug‘liklar to‘g‘risidagi maʼlumotlar reyestrini yuritish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda, urug‘chilikka ixtisoslashgan xo‘jalik subyektlari meva-sabzavot va bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar va qishloq xo‘jaligi korxonalarning sabzavot, poliz, kartoshka, mevali daraxt hamda tok ko‘chatlarining turlari avlodlari ko‘rsatilgan, sertifikatlangan sifatli yuqori avlodli urug‘larga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, urug‘lik yetishtirish, tayyorlangan urug‘liklarni realizatsiya qilish ishlarida axborotni yetarli emasligi natijasida urug‘lik va ko‘chatlar realizatsiya qilinmasdan qolmoqda.

Mazkur elektron baza, to‘liq ishga tushganidan so‘ng respublikaning istalgan hududidagi, istalgan xo‘jalik yurituvchi subyektda qancha miqdorda sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarining turlari avlodlari bo‘yicha urug‘liklar yetishtirilishi hamda bugungi kunda qancha miqdorda yuqori avlodli mahalliy sara urug‘liklar mavjud ekanligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni olish mumkin. Shuningdek, mazkur urug‘lik yoki ko‘chatlarni yetishtirgan xo‘jalik subyekti rahbarining telefon raqami va turar manzilini aniqlash uchun 1-2 daqiqa yetarli bo‘ladi.

X.Maxmudov, Agroinspeksiyaning Ko‘chatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

Z.Ismatov, Agroinspeksiyaning Ko‘chatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori

Text to speech