Ру Ўз O`z En

QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARI UCHUN TEZKOR QO‘SHMA REYD O‘TKAZILDI

13 Avgust 2021 2125

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yo‘l harakati xavfsizligi Xorazm viloyati boshqarmalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijrosini taʼminlash maqsadida Urganch shahrida qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun tezkor qo‘shma reyd tashkil etildi. 

Urganch shahrida nosoz, texnik ko‘rikdan o‘tkazilmasdan, tegishli hujjatlarsiz (traktorchi-mashinist) texnikalarni boshqarib yurgan haydovchilarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbir davomida «O‘zagroinspeksiya» hamda Xorazm viloyati YHXB inspektorlari tomonidan qator kamchiliklar aniqlandi.

Xususan, 10-15 ta holatda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan texnika boshqarib yurgan haydovchilar aniqlanib, shundan 6 ta holatda qonun buzilish holatlari aniqlandi va qishloq xo‘jaligi texnikalari vaqtinchalik saqlab turish uchun jarima maydonchasiga qo‘yilib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va jarima jazosi qo‘llanildi. Qolganlariga ogohlantirish berildi.

Maqsad traktorchi-mashinistdan jarima undirish emas, balki birinchi navbatda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan muntazam foydalanib kelayotgan shaxslarni ogohlikka chaqirishdan iboratdir.

Endilikda bunday qo‘shma reydlarni viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida doimiy ravishda o'tkazib borish ko‘zda tutilgan.

Hurmatli fuqarolar, Sizdan eski namunadagi texnik pasport va texnik guvohnoma, davlat raqami belgilari, traktorchi-mashinist guvohnomasini yangilashingizni, shuningdek, texniklarni belgilangan muddatlarda texnik ko‘rikdan o‘tkazilishiga eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz.

Texnika hujjatlarini rasmiylashtirish «O‘zagroinspeksiya»ning tuman bo‘limlaridagi texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish shoʻbasi inspektorlari tomonidan amalga oshirilishini maʼlum qilamiz.

 

“O'zagroinspeksiya”ning Xorazm viloyati boshqarmasi Aхborot хizmati

Text to speech