Maʼlumki, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, ulardan foydalanish va mavsumga tayyorgarligi bo‘yicha nazorat tadbirlarini amalga oshirish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining vazifalaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda, «O‘zagroinspeksiya»ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Inspeksiya xodimlari tomonidan joylarda mulk egalari o‘rtasida Vazirlar Mahkamasining 2019 - yil 17 - apreldagi 325-sonli qarorning mazmun mohiyati bo‘yicha targ‘ibot ishlari muntazam olib borilmoqda. Qonunchilikda nazarda tutilgan jarimalar miqdori, yangidan ro‘yxatdan o‘tishning afzalliklari batafsil tushuntirilmoqda.
Jumladan, 5 - avgust kuni «O‘zagroinspeksiya» ning viloyat boshqarmasi va Nishon tuman bo‘limi hamda IIB YHXB xodimlari bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish yuzasidan qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbir davomida jami 15 ta texnikalar nazoratdan o‘tkazildi. Mulk egalari tomonidan 2 ta majburiy yillik texnik ko‘rikdan o‘tmagan, 2 ta davlat ro‘yxatiga olinmagan qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanilayotganligi aniqlandi. Shuningdek, 2 ta texnikalar jarima maydoniga vaqtinchalik saqlovga qo‘yildi.
Ushbu texnika vositalaridan foydalanib kelayotgan mulk egalariga nisbatan MJtK ning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
«O‘zagroinspeksiya»ning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi
Axborot xizmati