Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligi texnikasini texnik nosoz holatda boshqarish jarima undirishga sabab bo‘lmoqda

15 Aprel 2022 1903

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB YXXB bilan kelishilgan hamkorlik natijasiga ko‘ra, haftaning har payshanba kunlari qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda “O‘zagroinspeksiya”ning Beshariq tuman bo‘limi va tuman IIB YHXB hamkorligida reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda. O‘tkazilgan tadbirlar davomida texnikadan foydalanish qoidalari buzilishi yuzasidan yil boshidan buyon 9 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Xususan, Beshariq tumanida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirilari davomida fuqaro B.N. boshqaruvida bo‘lgan “T-28” rusumli traktorini, Beshariq tumani Namuna qishlog‘i hududida fuqaro O‘.A. boshqaruvida bo‘lgan “TTZ-8010” rusumli traktorlari to‘xtatilib tekshirilganida texnikani texnik nosoz holda boshqarayotganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan MJtKning 112- moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil   17 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarori ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan “O‘zagroinspeksiya”ning Beshariq tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-chi choragi davomida 4 marotaba nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib shundan 9 ta holatda qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan yozma ko‘rsatmalar berilib, huquqbuzarliklarga nisbatan inspeksiya organlarining vakolati doirasida chora qo‘llanildi.

Yuqoridagi tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, Qishloq xo‘jaligi texnikalarining yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilishdan iboratdir. “O‘zagroinspeksiya” ning tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan ushbu yo‘nalishda nazorat tadbirlarining o‘tkazilishi tizimli davom ettiriladi.

  M.Jo‘rayev,  “O‘zagroinspeksiya” Beshariq tumani bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari:     

Text to speech