O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi "Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni" sifatida keng nishonlab kelinadi.
Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida ham bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Agroinspeksiya rahbariyati va jamoasi shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligidan vakillar ishtirok etishdi.
Tadbirning rasmiy qismida Inspeksiyaning 14 nafar jonkuyar xodimlari kasb bayrami munosabati bilan "Qishloq xo‘jaligi fidoyisi " va "Suv xo‘jaligi aʼlochisi" ko‘karak nishonlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek tadbir yurtimizning taniqli sanʼatkorlari ishtirokidagi konsert dasturiga ulanib ketdi. El ardog‘idagi sanʼatkorlarning xonishlari bayramga o‘zgacha ruh baxsh etdi.
Agroinspeksiya Axborot xizmati