Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanish ustidan nazorat qilish sohasida 460 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan. Mazkur tadbirlar davomida 260 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, shundan 69 ta suv xo‘jaligi tashkilotida, 16 ta suv isteʼmolchilari uyushmasi, 135 ta fermer va klaster xo‘jaliklari hamda 40 ta holat fuqaro va boshqalar bilan bog‘liq ekanligi ayon bo‘lgan.
Inspeksiya tomonidan ushbu holatlar bo‘yicha 26 ta maʼmuriy jarima jami 19 mln. 170 ming so‘m va 64 ta holatda 534 mln. 474 ming so‘m jarima sanksiyalari qo‘llanilgan, 54 ta holat bo‘yicha tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga va 1 ta qonunbuzilishi holati prokuratura organiga yuborilishi taʼminlangan.
Bundan tashqari, 203 ta ogohlantirish, 175 yozma ko‘rsatmalar va 4 ta taqdimnomalar tegishli tashkilot rahbarlariga kiritilgan.
Jumladan, Ellikqalʼa tumanidagi “Tangribergan bobo” fermer xo‘jaligi tomonidan “Qazaq asha” kanalidan o‘zboshimchalik bilan suv olish nuqtasidan 13200 m3 suvni isteʼmol qilganligi aniqlanib, holat yuzasidan 1 mln. 69 ming 200 so‘m jarima sanksiyasi hisoblangan.
Amudaryo tumanidagi “Amirxon Ratxa” fermer xo‘jaligi tomonidan suv olish joylarini jihozlamagan va suvning oldi-berdi jurnali yuritilmaganligi aniqlanib, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik tug‘risidagi Kodeksining tegishli moddalariga asosan, hujjatlar rasmiylashtirilib tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborilgan.
Xuddi shuningdek, Xo‘jayli tumanidagi “Aqtilek” fermer xo‘jaligi tomonidan sho‘r yuvish davrida 4,2 gektar maydoniga suv olish uchun talabnoma bermasdan 10525 m3 suvni o‘zboshimchalik bilan olganligi aniqlanib va holat yuzasidan 852 ming 525 so‘m jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.
Shumanoy tumanidagi “Ilxam Baxtiyar” fermer xo‘jaligi tomonidan maxsus ruxsatnomasiz 4,6 gektar maydoniga o‘zboshimchalik bilan 6900 m3 suvni olganligi aniqlanib, holat yuzasidan 745 ming 200 so‘m jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.
Qo‘ng‘irot tumanidagi “Janabay Japar” fermer xo‘jaligi tomonidan 71,4 gektar maydonda sho‘r yuvish ishlari hamda 15,4 gektar g‘alla maydonlarini sug‘orishda jami 125 580 m3 suvni o‘zboshimchalik bilan suv isteʼmol qilganligi aniqlanib, holat yuzasidan 10 mln. 171 ming. 980 so‘m jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.
Qorao‘zak tumanidagi “Juginis” fermer xo‘jaligi tomonidan sho‘r yuvish davrida 13,8 gektar maydoniga suv olish uchun talabnoma bermasdan 13800 m3 suvni o‘zboshimchalik bilan olganligi aniqlanib, holat yuzasidan 1 mln. 117 ming. 800 so‘m jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.
Qonliko‘l tumanidagi Bo‘ston OFY fuqarosi B.Dauletov tomonidan “Suyenli” irrigatsiya tarmog‘i boshqarmasiga qarashli bo‘lgan “Qiyatjarg‘an” tumanlararo kanalining PK-4 dagi suvni muhofaza qilish zonasiga qonunga zid ravishda molxona solganligi aniqlanib, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 74-moddasi 2-qismi bilan eng kam ish haqining 3 barobari, yaʼni 810 ming so‘m miqdorida maʼmuriy jarima qo‘llanilgan.
To‘rtko‘l tumanidagi “Isoq bobo” fermer xo‘jaligi tomonidan To‘rtko‘l tuman irrigatsiya bo‘limiga tegishli bo‘lgan “Rashidov-arna” kanalining PK-8 dagi suv olish nuqtasidagi joylashgan gidrotexnik inshootining suvni ochib-yopish moslamasini noqonuniy ravishda kesib olgan va “Eshon bobolar” kanalining PK-5 dan o‘zboshimchalik bilan truba qo‘yib, kesib olingan moslamani o‘rnatilgani aniqlangan va holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan, hujjatlar rasmiylashtirilib tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborilishi taʼminlangan.
Agroinspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi