Ру Ўз O`z En

Qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

16 Fevral 2022 1455

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining majlislar zalida Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni o‘tkazishga Qonun buzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish maqsadida tadbirkorlik subyektlariga amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarini tushuntirish yuzasidan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Inspeksiyaning viloyat va tumanlar rahbarlari, don yo‘nalishi inspektorlari shuningdek, “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi filiallari rahbarlari hamda don yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis va tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Tadbirda taʼkidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining 3-bandiga muvofiq sanitariya-epidemiologik xulosasi majburiy tartibda olinishi lozim bo‘lgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan muvofiqlik sertifikatini olish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur farmon bilan majburiy tarzda sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni asta-sekinlik bilan qisqartirib borish, tadbirkorlik subyektlarini javobgarligini belgilab berish va shu bilan birga vakolatli tashkilot tomonidan sohalardagi xavf-xatarlarni tahlil qilish tizimi yaratildi.

Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va sotuvchilar mahsulotlarning texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarga muvofiqligini taʼminlash uchun javobgar ekkanliklari ham ko‘rsatilgan.

Farmondan kelib chiqib, tadbirkorlik subyektlarini ongli ravishda zimmalariga yuklatilgan javobgarliklarni his qilgan holda ishlab chiqarilayotgan va ichki bozorga chiqariladigan mahsulotlarni texnik reglament talablari to‘liq bajarilishini taʼminlanishi kutilmoqda.

Afsuski, baʼzi tadbirkorlik subyektlari tomonidan farmonni mazmun mohiyati to‘liq tushunib yetilmaganligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha tadbirkorlik subyektlari tomonidan bugungi kundagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda va texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq amal qilingan holda, don va don mahsulotlarini qayta ishlashdan olingan mahsulotlarining sifati va xavfsizligini taʼminlagan holda ish olib borilishi lozim deydi- "O‘zagroinspeksiya"ning Paxta-xom-ashyosi va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i K. Ahmedov.

Shu boisdan, tadbirkorlik subyektlari ichki bozorni sifatsiz va xavfli bo‘lgan don va don mahsulotlarini qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan himoya qilishda davlat idoralari bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi va bu haqida tadbir davomida so‘zga chiqqan spikerlar tomonidan ham tushuntirishlar berildi.

Taqdimot shaklida tashkil etilgan tadbirda “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari Sh. Pazilov va don yo‘nalishida markaziy laboratoriya boshlig‘i d.Nizamovlar mavzu bo‘yicha maʼruza va prezentatsiyalar bilan ishtirok etdilar.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar tomonidan yo‘llangan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech