“O‘zagroinspeksiya” faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga asosan, paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari hosili hamda ularning urug‘lari, shuningdek, ulardan qayta ishlangan mahsulotlarning sifati, ulardan oqilona hamda maqsadli foydalanilishi, sifatli saqlanishi hamda nobudgarchiligini kamaytirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish Inspeksiyaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, tegishli qarorga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼiy nazar, yog‘-moy korxonalarining paxta texnik chigitini to‘liq texnologik sikl (mag‘izni yanchish, gidrotermik ishlov berish, presslash, ekstraksiyalash, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash va qadoqlash sexlari)da maqsadli qayta ishlaganligi hamda ularning mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega ekanligi ustidan nazorat (tekshirish) “O‘zagroinspeksiya” va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazoratga olingan.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi paxta-to‘qmachilik klasterlari tomonidan aprel oyida 3692 tonna miqdordagi paxta texnik chigiti birja savdolariga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Shundan,“Amudaryotex” MCHJda 1870 tonna, “Boston klaster” MCHJda 822 tonna va “Qoraqalpog‘iston Agro klaster” MCHJda 1000 tonnani tashkil etadi.
Jumladan, “Agro To‘rtko‘l Tekstil Cluste” va “Beruniy cluster” MCHJlari tomonidan joriy yilning aprel oyida paxta texnik chigitni o‘zi faoliyat yuritayotgan tumandagi yog‘-moy korxonalariga qayta ishlash uchun topshirishi rejalashtirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining 5 ta yog‘-moy korxonalarida 1306,3 tonna paxta yog‘i mavjud bo‘lib, shundan 355 tonnasi tasdiqlangan grafikka asosan birja savdolari orqali sotilishi belgilandi.
Shundan, “Shimboy moy invest” CK 100 tonna, “Region-agro invest eksport” MCHJda 50 tonna, “A/J EGAP” MCHJda 105 tonna, “Turon-Xojeli” MCHJda 100 tonna paxta yog‘ini tashkil etadi.
Hozirgi kunda Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosini taʼminlash yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
A. Tenelbayev, Agroinspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining Paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish shoʻbasi bosh inspektori