Ру Ўз O`z En

Qoraqalpog‘iston Respublikasida qorako‘lchilikda 2023-yil bahorgi qo‘zi olish mavsumi “O‘zagroinspeksiya” nazoratida.

17 Aprel 2023 1578

Bugungi kunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qorako‘lchilik bo‘yicha 422 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyat ko‘rsatib, ularda jami 77,1 ming bosh mayda shoxli mollar, shundan, 48 ming bosh ona sovliqlar parvarish qilinmoqda.

Shu jumladan, 19,9 ming bosh ona sovliqlardan 19,9 ming boshdan ortiq qo‘zi va uloqlar olindi, shuning, 11,3 ming boshi yoki 57 foizi o‘stirishga qoldirildi, shundan, 5,9 ming boshi yoki o‘stirishga qoldirilgan qo‘zi va uloqlarning 52,2 foizini urg‘ochi qo‘zi va uloqlar tashkil etadi.

Bundan tashqari, 8,6 ming dona qorako‘l terisi tayyorlandi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida qorako‘lchilikka ixtisoslashgan 2 ta naslchilik xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatib, ularda jami 2 ming 541 bosh naslli qorako‘l qo‘ylar mavjud bo‘lib, shundan, 1 ming 471 bosh ona sovliqlar parvarish qilinmoqda.

Ushbu naslchilik xo‘jaliklarida joriy yil bahorgi qo‘zi olish mavsumida 1 ming 500 boshdan ortiq qo‘zi olindi, shundan, 1 ming 250 boshdan ortiq qo‘zi o‘stirishga qoldirildi, shundan 1 ming 36 boshi urg‘ochi, 159 boshi erkak qo‘zilar va 55 boshi naslli qo‘chqorchalarni tashkil etmoqda. Shu bilan birga 250 boshi qorako‘l teriga so‘yilgan.

O‘zagroinspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi yuzasidan profilaktika va monitoring tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yil yanvar-mart oylarida jami 122 ta profilaktika va monitoring tadbirlari o‘tkazildi, shundan, 113 ta ogohnoma va 9 ta yozma ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech