Ру Ўз O`z En

QO‘SHMA REYDLAR DAVOMIDA 307 ta qonunbuzilish HOLATLARI ANIQLANDI

16 Noyabr 2021 1552

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va Ichki ishlar vazirligi YHHBB hamkorligidagi tadbirlar rejasiga ko‘ra har haftaning Payshanba kunlari “O‘zagroinspeksiyaning hududiy boshqarma va tuman bo‘limlari tomonidan qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shu maqsadda inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan joriy yilning noyabr oyining o‘tgan davri davomida ichki ishlar boshqarmasi YHXB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan qo‘shma reyd tadbirlari  natijasida 56 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasining MJtKning tegishli moddalariga asosan taʼsirchan choralar qo‘llanildi.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-oktyabr oylari davomida o‘tkazilgan qo‘shma reyd tadbirlarida qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish yuzasidan 307 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, huquqbuzarlarga nisbatan chora ko‘rildi.

-Bundan tashqari, joriy yilning 11 - noyabr kuni o‘tkazilgan qo‘shma reyd davomida viloyat miqyosida 33 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlanib, ularga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Xususan, Agroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi tomonidan Samarqand tumani hududida nazorat tadbirlari o‘tkazilganda fuqaro S.d. boshqarib kelayotgan “ZL30B-3” rusumli frontal yuklagich tegishli hujjatlarsiz boshqarib kelinayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, fuqaro I.B. boshqarib kelayotgan "MTZ-80" rusumli traktor o‘rganilganda, ushbu traktorga ulangan tirkama tegishli hujjatlarsiz foydalanib kelinayotganligi maʼlum bo‘ldi-deydi “O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi inspektori Sanjar Qurbonov.

Ushbu huquqbuzarlik holatlari asosida maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, O‘zbekiston Respublikasining MJtKning tegishli moddalariga asosan, huquqiy taʼsir choralari qo‘llanildi.

O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi Axborot xizmati

Text to speech