Ру Ўз O`z En

Respublika bo‘yicha 125,6 gektar poliz maydonlarida yuqori avlodli urug‘lik yetishtirilmoqda

23 Iyun 2021 1798

O‘zbekiston Respublikasida urug‘chilik tizimini tartibga solish maqsadida 2019 yil 16 fevralda “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi O‘RQ-521-sonli Qonuni qabul qilingan.

Ushbu Qonunning 16-moddasida bevosita “O‘zagroinspeksiyaga original, elita va reproduksion urug‘liklarning yetishtirilishi, ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga rioya qilgan holda tejab sarflanishi ustidan nazorat qilish vakolati belgilab berilgan.

Mazkur vakolat doirasida “O‘zagroinspeksiyaning Ko‘chatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi tomonidan “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” huzuridagi elita xo‘jaliklarda sabzavot va poliz ekinlari urug‘ligi yetishtirilayotgan maydon va kelgusi yil uchun ekish maqsadida urug‘lik jamg‘arishni prognoz ko‘rsatgichlari tahlil qilindi.

Tahlillarga ko‘ra, respublika bo‘yicha 36 ta elita xo‘jaliklarida jami 125,6 gektar maydonda sabzavot va poliz ekinlarining yuqori avlodli urug‘ligini yetishtirish maqsadida ekin ekilgan bo‘lib, shundan 52,9 gektar sabzavot va 72,7 gektar polizni tashkil etadi.

Ushbu urug‘lik uchun ekilgan maydonlardan jami 22 tonna sabzavot va poliz ekinlarining urug‘liklari jamg‘arilishi aniqlandi.

Shuningdek, 52,9 gektar sabzavot ekilgan maydonlarda jami 15,4 tonna yuqori avlodli shundan, 9,3 tonna R-1 va 6,1 tonna R-2 avlodiga mansub urug‘liklar hamda 72,7 gektar poliz ekilgan maydondan jami  6,6 tonna yuqori avlodli shundan, 4,6 tonna tonna R-1 va 2,1 tonna R-2 avlodiga mansub urug‘liklar jamg‘arish prognoz qilinganligi aniqlandi.

2022 yil hosili uchun mahalliy sharoitda respublikamizning barcha hududlaridagi elita xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan sabzavot va poliz ekinlari urug‘liklarini dala aprobatsiya sinovlarini o‘z vaqtida sifatli o‘tkazilishi hamda mevalardan urug‘liklarni ajratib olinishi, urug‘liklarni saqlanishi “O‘zagroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari inspektorlari tomonidan nazorat qilib boriladi.

Zafar Ismatov, Inspeksiyaning Ko‘chatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi katta inspektori

Text to speech