Ру Ўз O`z En

Respublika hududlarida 2023 yil g‘alla hosilidan 300 ming tonna urug‘lik don yetishtirilishi nazoratga olingan

16 Dekabr 2022 2243

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2023 yil hosili uchun ekilgan urug‘lik g‘alla maydonlarida tashkiliy va agrotexnik tadbirlarni tizimli tashkil etish hamda kelgusi yil hosili uchun sifatli va kafolatlangan urug‘lik don jamg‘arish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 18 noyabrdagi 61-sonli yig‘ilish bayonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tumanlaridagi 3 335 nafar urug‘chilik xo‘jaliklarining 96,8 ming gektar maydonlarida boshoqli don ekinlarining yuqori avlodli urug‘liklari yetishtirilishi belgilangan.

Xususan, kelgusi yil hosilidan respublika bo‘yicha 127 ta tumandagi 3 335 nafar fermer xo‘jaliklari, klasterlar, ilmiy tadqiqot institutlari va Urug‘chilikni rivojlantirish markaziga qarashli elita urug‘chilik xo‘jaliklarining jami 96,8 ming gektar maydonlariga urug‘lik maqsadlari uchun boshoqli don ekinlarning yuqori avlodli navlari ekilgan bo‘lib, ushbu maydonlardan rejalashtirilgan 300 ming tonnadan ortiq sifatli sara urug‘lik don yetishtirilishi belgilangan.

Jumladan, urug‘lik maydonlarining 5 ming gektar ko‘paytirish ko‘chatzori (original 15,7 ming tonna kutiladigan urug‘lik don), 35,1 ming gektar original (elita 109,8 ming tonna) va 56,7 ming gektar elita (R-I 174,5 ming tonna) avlodli urug‘lik don yetishtiriladigan maydonlarni tashkil etadi.

Urug‘lik g‘alla maydonlariga boshoqli don ekinlaring 53 ta seleksion navlari ekilgan bo‘lib, shundan 20,9 ming gektar maydonda mahalliy seleksiyaning 33 ta bug‘doy navlarini tashkil etsa 75,9 ming gektar urug‘lik maydonlarda esa xorijiy seleksiyasiga mansub 20 ta bug‘doy navlarini tashkil etadi, shundan asosiy maydonlarga bug‘doyning Alekseyeich, Grom, Asr, Tanya, Yaksart Vassa, Xisorak, Antonina, Bobur, Bezostaya-100, Davr, Vexa, G‘ozg‘on, Bunyodkor va Durdona navlarini ekilgan.

Shuningdek mazkur, yig‘ilish bayonida Rossiya Federatsiyasidan keltirilgan serhosil va turli stress omillarga chidamli bo‘lgan bug‘doy navlaridan fermer xo‘jaliklari va g‘allachilik klasterlarning 10 ming gektar urug‘lik maydonlarga joylashtirildi.

Respublika hududlarida 2023 yil hosilidan sifatli urug‘lik don yetishtirilishini taʼminlash maqsadida, Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari inspektorlari tomonidan urug‘lik maydonlaridagi g‘allaning xar-bir rivojlanish fazalarida belgilangan agrotexnik tadbirlarni muddatlarida va sifatli bajarilishini nazorat qilish maqsadida har 15 kunda dala monitoring ishlari olib borilmoqda.

Monitoring natijalari o‘rganilganda hozirgi kunda asosiy urug‘lik maydonlarda g‘alla tuplash fazasida rivojlanayotgan bo‘lib urug‘lik maydonlarida belgilangan agrotexnik tadbirlarni (chetan o‘rash, sharbat usulida sug‘orish uchun xandaklar qazish va mahalliy o‘g‘it jamg‘arish, g‘o‘zapoyalardan tozalash) o‘z muddatlarida amalga oshirilishi yuzasidan urug‘chilik subyektlariga 4 156 ta ogohlantirish xatlari berilishi taʼminlangan.

Yuqoridagilarga asosan Inspeksiya Don ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 noyabrdagi 61-sonli yig‘ilish bayoni ijrosidagi topshiriqlarini belgilangan muddatlarda taʼminlash hamda kelgusi yil hosili uchun standart talabiga javob beradigan sifati kafolatlangan urug‘lik don yetishtirish ishlari to‘liq nazoratga olinib mazkur tadbirlar davom ettirilmoqda.

 

 

 Don ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat

qilish bo‘limi

Text to speech