Ру Ўз O`z En

Respublikada ilk marta sabzavot, poliz, dukkakli, moyli va boshqa ekinlarning sara urug‘ligini yetishtirish joriy etilmoqda (bayonot)

22 Aprel 2022 1991

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvarda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini yana-da rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-106 sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur Qaror mazmun mohiyatiga ko‘ra, 2022 yildan boshlab, Respublikada birinchi marta sabzavot, poliz, dukkakli, moyli va boshqa ekinlarning urug‘chiligini tashkil etish uchun 13 ming 395 gektar yer maydonlari ajratildi.

Joriy yildan boshlab, 3 ming 278 gektar sabzavot, 1,0 ming gektar poliz, 1 ming 330 gektar moyli, 2 ming 65 gektar kartoshka, 2 ming 376 gektar dukkakli ekinlar va 2 ming 442 gektar ozuqa ekinlarining sara urug‘ligini yetishtirish tashkil qilinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ushbu maydonlarda urug‘chilik yetishtiruvchi xo‘jalik subyektlari o‘rtasida ixtisoslashtirish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazildi. Tanlovda urug‘lik yetishtirish uchun bugungi kun talabiga javob beradigan 4 ming 669 ta xo‘jalik subyektlari g‘olib deb topildi.

Shundan, 71 ta tumanlarning 288 nafar xo‘jalik subyektlarini 3 ming    385 gektar yer maydonlari sabzavotchilikka, 50 ta tumanlarning 117 nafar xo‘jalik subyektlarini 978 gektar yer maydonlarida polizchilikka, 55 ta tumanlarning 339 nafar xo‘jalik subyektlarini 1 ming 349 gektar yer maydonlari moyli ekinlar, 63 ta tumanlarning 162 nafar xo‘jalik subyektlarining 2 ming 365 gektar yer maydonlari dukkakli ekinlar va  61 tumanlarning 345 nafar xo‘jalik subyektlarining 2 ming 370 gektari yer maydonlarida ozuqa ekinlarining urug‘chiligi yo‘lga qo‘yiladi.

Agroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari va uning tuman bo‘limlarida faoliyat olib borayotgan Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishi va taʼminotini nazorat qilish sohasi inspektorlari, hududlarda tashkil etilgan Qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘chiligiga ixtisoslashtirilgan xo‘jalik subyektlari tomonidan joriy yil yakunida ekinboplik talablariga to‘liq javob beradigan urug‘lik jamg‘arishlari uchun, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan ekin turlarining  urug‘liklarni ekilishi, urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishi va urug‘lik maydonlarida dala aprobatsiya ko‘riklari o‘tkazilishida yaqindan amaliy yordam berish bo‘yicha bir qator ishlar belgilab olingan.

Inspeksiyaning Ko‘chatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish bo‘limi

 

Text to speech