Ру Ўз O`z En

Respublikada joriy yilda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish, naslchilik ishlarini nazorat qilish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar

26 Oktyabr 2022 1461

Respublika aholisini chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabini yana-da to‘laroq qondirish va sifatli mahsulotlar bilan isteʼmol bozorini uzluksiz taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan keyingi yillarda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha alohida qarorlar qabul qilinayotganligi xususan, chorvachilik sohasining subsidiyalash tizimlari yaratilgani hamda ularning ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

Jumladan, 2021 yilda go‘sht, sut, tuxum va baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish maqsadida Respublika bo‘yicha umumiy qiymati 7,2 trln. so‘mlik 1 ming 898 ta loyihalar amalga oshirildi va buning natijasida 21 ming nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi. Shu bilan birga, 2020 yilga nisbatan o‘tgan yilda qoramollar bosh soni 104 %ga, sigirlar 102,4 %ga, qo‘y va echkilar 103,4 %ga, parrandalar103,3 %ga, go‘sht yetishtirish 104,5 %ga, sut ishlab chiqarish 105,0 %ga, tuxum yetishtirish 103,8 %ga, baliq yetishtirish 118,4 %ga va asal yetishtirish esa 104,0 %ga ko‘paygan. Joriy yilda ham Respublikada chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish, sifatli va arzon chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish maqsadida “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiya”sining 2022 yil 1 martdagi 43-son yig‘ilish bayoni bilan “Respublikada 2022 yilda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish, naslchilik ishlarini yana-da takomillashtirish, ozuqa bazasini mustahkamlash, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish to‘g‘risida”gi dasturi qabul qilindi. Ushbu dasturga asosan Respublikada 2022 yilda: Qoramollar bosh sonini 104,1 %ga, sigirlar 102,5 %ga, qo‘y va echkilar bosh sonini 103,5 %ga, go‘sht ishlab chiqarishni 104,2 %ga, sut yetishtirishni 105,2 %ga yetkazish maqsad qilingan. Bundan tashqari, chorvachilik yo‘nalishida jami 984 ta, shundan, qoramolchilikda 697 ta, qo‘y va echkichilikda 262 ta, yilqichilikda 18 ta va tuyachilikda 7 ta loyihalarni ishga tushirish, shuningdek, jami 2 mln. 400 ming bosh qochirish yoshidagi tana va sigirlarni sunʼiy urug‘lantirish hamda 3 mln. 120 ming doza naslli buqalarning muzlatilgan urug‘larini yetkazib berilishi belgilangan. Bugungi kunda, “O‘zagroinspeksiya” organlari tomonidan Dasturda belgilangan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida ijrosi taʼminlanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan. Jumladan, joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida soha inspektorlari tomonidan jami 15 ming 448 ta monitoring - nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda jami 13 ming 11 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Mazkur qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 785 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilinib, mansabdor shaxslarga nisbatan salkam197 mln. so‘mlik jarimalar qo‘llanildi. Shu bilan birga, 521 ta taqdimnomalar kiritilishi taʼminlandi,7 ming 359 ta ogohnomalar hamda 11 ming 662 ta ijrosi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, 212 ta holatda qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga materiallar yuborildi. Yuqoridagi topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarilishi ustidan “O‘zagroinspeksiya” organlari tomonidan hozirgi vaqtda nazorat tadbirlari davom etmoqda.

X.Tilovov, “O‘zagroinspeksiya” ning Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish boshqarmasi bosh inspektori 

Text to speech