Ру Ўз O`z En

Samarqandda joriy yilning o‘tgan davrida texnikadan foydalanish yuzasidan 200 dan ortiq qonun buzilishi holatlari aniqlandi

2 Mart 2022 1836

Joriy yilning 11 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yo‘llarda inson xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari muhokama etilib, harakat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilab berilgan edi.

Yig‘ilishdan xulosa qilingan holda Inspeksiya organlari o‘z oldiga bir qator vazifalarni belgilab oldi. Topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan “O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi, tumanlar bo‘limlari tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va Respublika ichki ishlar vazirligi hamkorligidagi qo‘shma reyd tadbirlari rejasiga ko‘ra, har haftaning Payshanba kunlari qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazish belgilandi.

Shu maqsadda “O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va Samarqand shahar IIB YHXB hamkorligida reyd tadbirlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirlar davomida texnikadan foydalanish qoidalari buzilishi yuzasidan 12 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Xususan, Samarqand shahrining Shohi Zinda ko‘chasida o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida fuqaro Sh.I. boshqaruvida bo‘lgan “JCB” rusumli ekskavator-yuklagich to‘xtatib tekshirilganda, fuqaro texnikani tegishli meʼyoriy hujjatlarsiz va traktorchi-mashinist guvohnomasi bo‘lmagan holda boshqarayotganligi aniqlandi.

Samarqand shahrining “Galaosiyo” mahallasida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Sh.Sh. boshqaruvida bo‘lgan “VOLVO 55W-9” rusumli ekskavator tekshirilganda ushbu ekskavator hech bir hujjatlarsiz boshqarayotganligi aniqlandi.

 Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining “Galaosiyo” hududida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro N.U. boshqaruvida bo‘lgan “New Holland B90B” rusumli ekskavator-yuklagich, fuqaro D.Teshayev boshqaruvida bo‘lgan “MX-132W” rusumli, fuqaro Z.M. boshqaruvida bo‘lgan “Robex-140W” rusumli ekskavator hamda fuqaro U.Baxriyev boshqaruvida bo‘lgan “3CXS14M2NM” rusumli ekskavator-yuklagich to‘xtatib tekshirilganda texnikalar hech bir meʼyoriy hujjatlarsiz boshqarib kelinayotganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan MJtKning 135-moddasi, 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarori ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan “O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan yanvar-fevral  oylari davomida 281 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib shundan 212 ta holatda qonun buzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan 16 ta holatda yozma ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, 113ta huquqbuzarliklarga nisbatan inspeksiya organlarining vakolat doirasida chora qo‘llanildi, 45 ta holat bo‘yicha ogohlantirishlar berildi. Yuqoridagi tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, yo‘llarda inson xavfsizligini taʼminlashdan iborat.

Sanjar Qurbonov “O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi inspektori  

 

Text to speech