Ру Ўз O`z En

Samarasiz, kam hosilli bog‘ va tokzorlar o‘rnida intensiv - serhosil bog‘ va tokzorlar barpo etilmoqda

9 Noyabr 2021 1782

Andijon viloyati tuproq-iqlim sharoitida, serhosil, eksportbop, sara meva va uzum yetishtirish uchun ona tabiat tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib,mirishkor, usta bog‘bonlarimiz tomonidan sara, intensiv rivojlanadigan, hosildor meva va tok ko‘chatlarini ekib, nafaqat xalqimiz dasturxoni balki, qo‘shni va olis mamlakatlar dasturxonini ham mazasi tilni yoradigan meva, uzum mahsuloti bilan to‘ldirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Hukumatning 2019 yil 18 dekabrdagi “Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi to‘g‘risida”gi 1012-sonli qarori va Nizomi qabul qilinishi bu soha imkoniyatlarini yana-da kegayishiga xizmat qilmoqda. Jumladan, Qaror ijrosi taʼminlanishini nazorat qilish “Agroinspeksiyaga yuklatilganligi  hududlardagi inspektorlarga katta maʼsuliyat yuklaydi.

Joylardagi soha inspektorlari tomonidan iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish va ularni buzib o‘rniga yangi intensiv bog‘ va tokzorlarni barpo qilish ishlarini sifatli bajarilishi  doimiy nazoratga olingan.

Bugungi kunda viloyatdagi eskirib yaroqsiz holga kelgan bog‘ va tokzorlarning 70-80 foizi buzilib, o‘rniga yangi intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil qilindi.

Hukumat tomonidan sohani rivojlantirishga katta ahamiyat berilayotganligi, samarasiz bog‘-tokzorlarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha barcha sharoitlar yaratib berilganligiga qaramasdan, mazkur Qarorning ijrosi ayrim hokimliklar,  masʼul rahbar xodimlar va bog‘dorchilik, uzumchilik fermer xo‘jaliklari tomonidan yetarlicha masʼuliyat bilan yondoshmayotganligini ko‘rsatmoqda.

Xususan, mazkur Nizomning 10-bandi ijrosi bo‘yicha tuman hokimliklari tomonidan komissiya xulosasini tegishliligi bo‘yicha 5 kun muddatda o‘rganib, yaroqsiz deb topilgan bog‘ va tokzorlar o‘rnida, yangi intensiv bog‘, tokzorlarni barpo etish yoki haydaladigan yerlar toifasiga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilinishi kerak bo‘lsada, Nizom talablari buzilgan xolda qabul qilinmaslik holatlari aniqlangan.

Jumladan, Shahrixon tumanda Andijon viloyati hokimining 2020 yildagi qaroriga asosan 84 gektar samarasiz mevali bog‘lar o‘rnida yangi bog‘lar barpo etish 69 gektar yoki 82 foizga,  17 gektarda yangi tokzor barpo etish o‘rniga 6 gektar yoki 35 foiz bajarilgan.

Tumandagi “Abdubiy sara uzumzori” bog‘dorchilik fermer xo‘jaligida 2 gektar yangi tokzor barpo etilishi rejalashtirilib, 2 gektar tokzor barpo etilmaganligi, Turkiston massividagi “Shokirjon baraka” uzumchilik fermer xo‘jaligi tomonidan 4.3 gektar maydonga yangi tokzor barpo etilishi belgilangan, amalda tok ko‘chatlari ekilmagan va Yangi yo‘l massividagi “Qipchaqo‘rg‘on uzum sharbati” uzumchilik fermer xo‘jaligi tomonidan ham uch gektar maydonga yangi tokzor barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lsada, fermer xo‘jaligi tomonidan eski tokzor maydonlari buzilmaganligi aniqlandi.

Xuddi shunday holatlar, viloyatning Asaka, Buloqboshi, Xo‘jaobod, Ulug‘nor, Marhamat va Paxtaobod tumanlarining inspektorlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan inspektorlar tomonidan belgilangan tartibda, ogohlantirish, yozma ko‘rsatma va taqdimnomalar orqali taʼsir choralari ko‘rilmoqda.

Sh. Baxoviddinov, Inspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘larini yetishtirish va taʼminotini nazorat qilish bosh inspektori;                                                           

U. Abdullayev,  Jamoatchilik bilan aloqalar  va huquqiy axborot bo‘limi bosh inspektori.                                                                  

Text to speech