Ру Ўз O`z En

Samarqand: 2021 yil davomida Chorvachilikda naslchilik yo‘nalishida 400 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlangan

3 Fevral 2022 1568

Bugungi kunda aholini sifatli go‘sht va sut mahsulotlari bilan taʼminlash, chorva mollarining naslini yaxshilash orqali ularning mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish qishloq xo‘jaligidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib, bu borada fermer xo‘jaliklariga chet davlatlaridan naslli hayvonlarni olib kelish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

Hukumatning 2019 yil 12 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 575-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrdagi “Naslli mahsulot (material)ni eksport va import qilish tartibi to‘g‘risida”gi 252-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.

Chet davlatlaridan olib kelingan naslli mollar tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi tomonidan o‘z vaqtida karantinga qo‘yilib, karantin davrida tegishli veterinariya-sanitariya tadbirlari o‘tkazilishi taʼminlanmoqda, natijada chet davlatlaridan hayvonlar va insonlar uchun umumiy bo‘lgan yuqumli kasalliklarni tarqalib ketishining oldi olinmoqda.

Shuningdek, olib kelingan naslli mollarni karantin muddati tugaganidan so‘ng, “O‘zbekchorvanasl” markazi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatiga kiritib borilishini taʼminlash maqsadida, inspeksiya xodimlari tomonidan doimiy ravishda profilaktik va nazorat tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.

2022 yil yanvar oyida Urgut tumanidagi “Urgut Nasil Chorva” fermer xo‘jaligiga Fransiya davlatidan 32 bosh “Montbelliard” zotiga mansub naslli qoramollar olib kelindi.

 Samarqand viloyatiga 2021 yilda chet davlatlaridan 1 ming 510 bosh, simmental, “Golshtin”, qora-ola zotlariga mansub naslli qoramollar olib kelinib, tegishli tartibda karantinga qo‘yilgan va davlat ro‘yxatiga olingan.

Jumladan, 2021 yilda Paxtachi tumanidagi "Shamsi nur chorva" fermer xo‘jaligiga Vengriya davlatidan 32 bosh, Pastdarg‘om tumanidagi “Do‘stmurod chorva mollari” fermer xo‘jaligiga Germaniya davlatidan 31 bosh, Jomboy tumanidagi “Puremilky Products” fermer xo‘jaligiga Vengriya davlatidan  225 bosh, “Sherboyev Murodullo chorvasi” fermer xo‘jaligiga Estoniya davlatidan 57 bosh, Ishtixon tumanidagi “Qilichev Baxrom” fermer xo‘jaligiga Avstriya davlatidan 186 bosh, “Ziroatxon Asilzoda” fermer xo‘jaligiga Vengriya davlatidan 31 bosh hamda Toyloq tumanidagi "Siyob Shavkat Orzu" fermer xo‘jaligiga Vengriya davlatidan 461 bosh naslli qoramollar olib kelingan.

Bundan tashqari, 2021 yilda viloyatga chet davlatlaridan jami 6 ming 287 bosh, shundan, Toyloq tumanidagi “Akmal Toshpo‘latovich” fermer xo‘jaligiga Ukraina davlatidan 72 bosh, Urgut tumanidagi “Urgut AGRO Vet Servis” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Qozog‘iston davlatidan 530 bosh, Jomboy tumanidagi “Sherboyev Murodullo chorvasi” fermer xo‘jaligiga Qozog‘istondan 213 bosh, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Said bobo” fermer xo‘jaligiga 294 bosh, Nurobod tumanidagi “Samarqand Milk Agrofirmasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Qozog‘istondan 989 bosh, Oqdaryo tumanidagi “Rustam Halol Baraka 21” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga Rossiya davlatidan 120 bosh hamda Samarqand shahridagi “Vermont Lux” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan 250 bosh go‘sht yo‘nalishidagi (bo‘rdoqiga boqish uchun) qoramollar olib kelingan.

Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish bo‘yicha inspektorlari tomonidan 2021 yilda jami 1 ming 748 ta nazorat tadbirlari, shundan, 52 ta tekshirishlar o‘tkazilgan bo‘lib, 400 ta Qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari yuzasidan 296 ta yozma ko‘rsatmalar, 1 ming 348 ta ogohlantirishlar hamda 14 ta taqdimnoma kiritilgan, 56 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilingan va qonuniy qaror qabul qilish uchun sudlarga 34 ta hujjat yuborilgan.

Ulug‘bek Yaxshimurodov, Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori                

Text to speech