Ру Ўз O`z En

Samarqand: kun davomida sodir etilgan qonunbuzilishlar soni 17 tani tashkil etmoqda

29 Iyun 2021 1587

 "O‘zagroinspeksiya" faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy-normativ hujjatlarga asosan, inspeksiya organlari tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida qonunchilik ijrosini taʼminlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, suv resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan doimiy ravishda monitoring-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

 Shu maqsadda, Inspeksiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari inspektorlari tomonidan 2021 yil 28 iyun kuni 3 ta tekshirish va 62 ta monitoring tarzida jami 65 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, 17 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

 Bir kunda inspeksiyaning Jomboy tumani bo‘limi tomonidan 10 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib shundan 2 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Ishtixonda 6 ta nazorat tadbirlarining 2 tasida, Kattaqo‘rg‘onda 6 ta nazorat tadbirlarining 1 tasida hamda Payariq tumanida 4 ta nazorat tadbirlarining 2 tasida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlariga nisbatan 2 ta yozma ko‘rsatma berilib, 12 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilindi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan 1 ta taqdimnoma kiritildi va  2 ta holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

 

Agroinspeksiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi Axborot xizmati

Text to speech