Ру Ўз O`z En

Samarqand: O‘tgan bir oy davomida texnikadan foydalanishda 140 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi

5 Oktyabr 2021 1534

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 325-sonli qarori ijrosini o‘z vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shu maqsadda Agroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan 150 marta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib,140 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan 139 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga 1 ta taqdimnoma kiritildi.

-Jumladan, inspeksiyaning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan 1 oy davomida     25 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib shundan 15 tasida, Urgut tumanida 15 ta, Jomboy va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida 12 tadan qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan 1 oy davomida 15 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, 15 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi hamda tegishli huquqiy taʼsir chorasi qo‘llanildi,-deydi Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi inspektori Sanjar Qurbonov.

Maʼlumot o‘rnida: Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish qoidalarini buzish, texnikalarni yillik majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazmaslik, texnikalarning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida jihozlanmaslik texnik yaroqsiz hamda nosoz texnikalardan foydalanish, O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan jarima qo‘llashga asos bo‘ladi.

O‘zagroinspeksiya" Samarqand viloyat boshqarmasi Axborot xizmati  

 

Text to speech