O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi “Qishloq xoʼjaligi ekinlari urug‘chiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʼg‘risida”gi 641-son qarori bilan tasdiqlangan “Nizom”ga asosan 2023-yil hosili uchun ekilgan urug‘lik g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya o‘tkazishga bag‘ishlangan viloyat ko‘rgazmali seminari Oqdaryo tumani «Oqdaryo» MMTP hududidagi “Fatxullo Bo‘tanosh” fermer xo‘jaligida 2023-yil mavsumida urug‘lik uchun ekilgan g‘o‘za maydonida o‘tkazildi.
Unda viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i va tuman bo‘limlari boshliqlari, «O‘zagroinspeksiya»ning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari mutasaddilari, “Elita urug‘chilik xo‘jaligi” MCHJ rahbarlari, tegishli mutaxassislar, seleksioner olimlar, fermer xo‘jaligi rahbarlari ishtirok etishdi.Seminarda so‘zga chiqqanlar joriy yil mavsumida urug‘lik uchun ekilgan g‘o‘za maydonlarida aprobatsiya o‘tkazish borasida muhim maʼlumot va tavsiyalar berishdi.