O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4241-sonli qarori bilan yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.
Shu maqsadda 2021 - yil sentyabr oyining o‘tgan 15 kuni davomida inspeksiyaning Samarqand viloyati boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan sohada qonunchilik ijrosini taʼminlash yuzasidan 141 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, 141 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.
-Shundan, inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarining 28 tasida, Urgut tumanida 17 ta, Narpay tumanida 13 tasida, Oqdaryo tumanida 11 ta, Pastdarg‘omda 10 ta, Paxtachi va Tayloq tumanlarida 7 tadan qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 9 ta ko‘rsatma, 21 ta taqdimnoma kiritilib, 107 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilindi. qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 4 ta to‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi,-deydi Agroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi bosh inspektori Orif Suvanqulov.
"O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi Axborot xizmati