Jizzax viloyatida “O‘zagroinspeksiya”ning Zomin, Yangiobod va Zarbdor tumanlari bo‘limlari tomonidan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlari tahlil qilinib, 2022 yildagi vazifalar belgilab olindi.
Jumladan, Zomin tumanida tashkil etilgan tadbirda boshqarma boshlig‘i I.Begatov so‘zga chiqib, joriy yilning 5 yanvar kuni Inspeksiya boshlig‘i A.Vaxabov raisligida zoom platformasi orqali o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Har bir xodim selektor yig‘ilishida keltirilgan tanqidiy fikrlardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda o‘z faoliyati va dasturiy ish rejalarini qaytadan ko‘rib chiqib, aniq maqsadli chora-tadbirlar belgilab olishi zarurligi qayd etildi. Shundan so‘ng, 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.
Inspeksiyaning Yangiobod tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlilida ham shular haqida so‘z yuritilib, o‘zaro muhokamalarda inspeksiya organi tomonidan o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarida asosiy eʼtibor - tadbirlarning sifati va uning samaradorligiga qaratilishi kerakligi uqtirildi.
Qayd etilganidek, o‘tgan 2021 yil davomida Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan jami 21 ming 406 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 660 tasi Yangiobod tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan.
Xuddi shunday Zarbdor tumanida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham 2021 yilda olib borilgan ishlar muhokama etilib, joriy yildagi vazifalar kelishib olindi.
-O‘tgan yilda bo‘lim tomonidan 1 ming 919 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi,-deydi Inspeksiyaning Zarbdor tuman bo‘limi boshlig‘i t.Djo‘rayev.- Shundan 1 ming 829 tasi monitoring va 90 tasi tekshirish tartibida olib borilgan. Aniqlangan holatlar bo‘yicha 1 ming 692 ta ogohlantirish xatlari berilib, 393 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilingan. Yig‘ilishda o‘tgan yilgi natijalar sarhisob qilinar ekan, erishilgan natijalar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarimiz ham ko‘rsatib o‘tildi. Albatta bildirilgan bugungi tanqidiy fikrlardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, joriy yilda yana-da samarali natijalar ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Shuningdek, hisobot oylarida ushbu bo‘lim tomonidan 148 ta holatda moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilib, 35 ta material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan hamda 109 ta taqdimnoma kiritilgan.
Tadbirlarda uchala tumanlardagi sohaviy inspektorlarning joriy yilda amalga oshiradigan nazorat tadbirlari bo‘yicha ish rejalari qabul qilinib, bular yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Bu kabi hisobot yig‘ilishlari viloyatning boshqa tumanlarida ham o‘tkazilishi belgilangan.
“O‘zagroinspeksiya”ning Jizzax viloyat boshqarmasi Axborot xizmati

“O‘zagroinspeksiya” Jizzax viloyat boshqarmasi Axborot xizmati