Ру Ўз O`z En

Senatorlar Qonunni rad etishdi

14 May 2020 3773

Yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tomorqa yer uchastkalaridan oqilona foydalanilishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonuni muhokama qilindi.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks yerga egalik qiluvchining taklifiga asosan belgilangan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish haqida rasman ogohlantirilganligiga qaramay tomorqa yer uchastkasidan asossiz ravishda oqilona foydalanmaganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi 651-modda bilan to‘ldirilmoqda.

 

Biroq ushbu norma amaliyotda turlicha talqin qilinishiga olib kelishi mumkin. Jumladan, undagi tomorqa yer uchastkasidan “asossiz ravishda” yoki “oqilona” foydalanmaslik yohud “samarasiz” foydalanish kabi tushunchalar qonun hujjatlarida ochib berilmagan. Bu esa tegishli idoralar tomonidan javobgarlikka tortishda korrupsiya va boshqa suiiste’molliklarga zamin yaratadi.

 

Hozirgi kunda davlatimiz rahbarining ko‘rsatmasiga asosan «Shaxsiy tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unda yuqoridagi kabi qonun hujjatlarimizda mavhum bo‘lgan tushunchalarni ochib berish, shaxsiy tomorqadan samarali foydalanish va aholi daromadini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan qo‘shimcha tez kunlarda o‘zining dolzarbligi va ahamiyatini ham yo‘qotadi.

Shu jihatdan Qonunni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

 

Manba: O‘zbekiston RespublikasiOliy Majlisi Senatining Axborot xizmati

Text to speech