Kuni kecha "O‘zagroinspeksiya" huzuridagi "Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi" davlat unitar korxonasida Markaz direktori Shermatov Saʼdi Baxtiyarovichning “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari v.b. lavozimiga tayinlangani munosabati bilan xayrlashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda "O‘zagroinseksiya" rahbari A. Vaxabov va boshqalar so‘zga chiqib, S. Shermatovni tizimda sadoqat va masʼuliyat bilan xizmat qilganligi uchun minnatdorchilik bildirib, faoliyatidagi yana bir muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etdilar.
Taʼkidlash lozimki, S. Shermatov korxona va uning tizimida o‘zining boy tajribasi, bilimi, mahorati va qobiliyati shuningdek ishga nisbatan masʼuliyat va qatʼiyatliligi bilan shaxsiy namuna bo‘la oladigan rahbar hisoblanadi.
"Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi" DUK va Inspeksiya jamoasi S. Shermatovni bunday eʼtirof bilan samimiy qutlab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.